» » Qibrayda nafaqaxo‘r ayolning hovlisiga o‘g‘rilikka tushgan 16 yoshli yigit qo‘lga olindi

Qibrayda nafaqaxo‘r ayolning hovlisiga o‘g‘rilikka tushgan 16 yoshli yigit qo‘lga olindi


Qibray tumanida yashovchi, nafaqaxo‘r Raisa Marinina o‘ziga tegishli bog‘dorchilik-uzumchilik shirkatidagi dala-hovlisiga o‘g‘ri tushgani haqida ariza bilan murojaat qildi, deb xabar berdi Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati.

1951-yilda tug‘ilgan ayolning ma’lum qilishicha, o‘g‘ri dala-hovliga ochiq qolgan deraza oynasi orqali kirgan va umumiy miqdori 1 600 000 so‘m bo‘lgan Nokia rusumli uyali aloqa telefoni, tyuner, ayollar qo‘l soati va boshqa anjomlarini o‘g‘irlab ketgan.

Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi, voyaga yetmagan, 2001-yilda tug‘ilgan Rashid Dovurov sodir etganligi aniqlanib, qo‘lga olindi. Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovni IIB olib bormoqda.

Опубликовано: admin (4-11-2017, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 117) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют