» » Jizzaxda 2017-yilda elektrdan qarzini to‘lamagan 10 631 iste’molchi tarmoqdan uzib qo‘yildi

Jizzaxda 2017-yilda elektrdan qarzini to‘lamagan 10 631 iste’molchi tarmoqdan uzib qo‘yildi


Jizzax viloyatida 2017-yilning ikkinchi yarmida aholidan energiya resurslari uchun jami 239 milliard so‘m to‘lov undirildi. Bu 2016-yilning shu davriga nisbatan qariyb 100 milliard so‘m ko‘p, deb xabar beradi O‘zA.

Majburiy ijro byurosi tomonidan qarzlarni undirish bo‘yicha olib borilayotgan amaliy tadbirlar davomida bunday qonunbuzilishlar o‘rganilib, tegishli tartibda chora ko‘rilmoqda.

Masalan, majburiy ijro byurosi Zomin tumani bo‘limi tomonidan tuman elektr ta’minoti korxonasida o‘tkazilgan tekshirish davomida qarzdorlikni yashirish orqali jiddiy qonunbuzarlikka yo‘l qo‘yilgani aniqlandi. 2017-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, iste’molchilarning elektr energiyasidan qarzdorligi 19 milliard so‘mdan ortiqni tashkil etgan. Ammo korxonaning mansabdor shaxslari elektr energiyasi hisob-kitobini tartibga soluvchi dasturga bu qarzdorlikni 14 milliard so‘mdan sal ortiq qilib kiritgan. Natijada 4 milliard 480 million 738 ming so‘m qarzdorlik dasturga kiritilmasdan qolgan.

Bundan tashqari, iste’mol qilinmagan elektr energiyasi uchun asossiz ravishda 11 milliard 666 million so‘mlik noreal qarzdorlik dasturga kiritilishi natijasida davlat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilgan.

Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Shuningdek, viloyat bo‘yicha o‘tgan yili energiya resurslaridan bo‘lgan qarzdorligini o‘z vaqtida amalga oshirmagan 10 ming 631 iste’molchi tarmoqdan uzib qo‘yildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2018, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют