» » MIB “Zarbdortumangaz” mansabdor shaxslari ishida bir qator kamchiliklarni aniqladi

MIB “Zarbdortumangaz” mansabdor shaxslari ishida bir qator kamchiliklarni aniqladi


Majburiy ijro byurosi Zarbdor tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan xatlov natijalariga ko‘ra “Zarbdortumangaz” filiali mansabdor shaxslari 2017-yilning 6 oyi davomida yuzaga kelgan 936 ta abonentlarning jami 234 824 018 so‘mlik qarzdorliklarini asossiz ravishda soxta kechuv dalolatnomalari asosida kechib yuborilganligi oqibatida davlat budjetiga katta miqdorda zarar yetkazilganligi aniqlandi. Bu haqda “Sangzor.uz” xabar bermoqda.

Shuningdek, majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi tomonidan joriy yilning iyul-oktabr oylarida tabiiy gazdan foydalanuvchi aholi iste’molchilari xatlovdan o‘tkazilganda, haqiqatda 7689 nafar abonentlarning tabiiy gazdan bo‘lgan jami qarzdorligi 4 520 727 928 so‘m hamda 129 ta ulgurji iste’molchilarning jami qarzdorligi 99 511 543 so‘m ekanligi aniqlandi.

Biroq, tumangaz filiali mansabdor shaxslari tomonidan aholi iste’molchilar tomonidan haqiqatda iste’mol qilinmagan 2 447 214 000 so‘m, ulgurji iste’molchilar tomonidan iste’mol qilinmagan jami 50 221 640 so‘m miqdordagi tabiiy gazni asossiz ravishda aholiga va ulgurji iste’molchilarga hisoblagan.

Bundan tashqari, ushbu noreal qarzdorliklarni “Billinggaz” dasturiga kiritib, aholining qarzdorligini 6 571 878 865 so‘m, ulgurji iste’molchilarning qarzdorligini 149 733 183 so‘m ko‘rsatib, rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirib, fuqarolarning huquqlari va davlat budjetiga jiddiy zarar yetkazilishiga sababchi bo‘lgan.

Holat yuzasidan Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 205-moddasi (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) 2-qismi, 209-moddasi (Mansab soxtakorligi) “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Опубликовано: admin (19-12-2017, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют