» » O‘zbekistonning Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga o‘zgartirishlar kiritiladi

O‘zbekistonning Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga o‘zgartirishlar kiritiladi


Senatning o‘n to‘qqizinchi yalpi majlisida parlament a’zolari “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova xabar berdi.

Qonun bilan Jinoyat kodeksiga va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga hayvonot yoki o‘simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzganlik uchun jinoiy javobgarlikni kuchaytirishni, ov, baliq ovlash mahsulotini, yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni yig‘ish va tayyorlash mahsulotini qabul qilganlik uchun jarimalar miqdorini oshirishni, daraxtlar, butalarni, boshqa o‘rmon o‘simliklari va nihollarni g‘ayriqonuniy ravishda kesish, shikastlantirish yoki yo‘q qilganlik uchun jarimalar miqdorini oshirishni nazarda tutuvchi o‘zgartishlar kiritilmoqda.

Bundan tashqari, o‘rmonlarni tiklash qoidalarini buzganlik, Qizil kitobga kiritilgan o‘simliklarni yig‘ganlik, o‘rmon uchun foydali faunani yo‘q qilib yuborganlik, o‘rmonlarda yong‘in xavfsizligi talablarini buzganlik uchun jarimalar miqdorini oshirish nazarda tutilmoqda.

Shuningdek Qonun bilan ov qilish va baliq tutish qoidalarini, hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirilmoqda

Ov qilish va baliq ovlashda taqiqlangan qurollarni yoki vositalarni tayyorlaganlik, olib kirganlik, saqlaganlik, tashiganlik yoki yuborganlik, olganlik yoxud sotganlik uchun ham ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda, hayvonlar yashaydigan muhitni muhofaza qilish qoidalarini, zoologik va botanik kolleksiyalarni vujudga keltirish va ular bilan savdo qilish qoidalarini buzganlik, xuddi shuningdek hayvonlarni o‘zboshimchalik bilan boshqa joyga ko‘chirganlik, iqlimlashtirganlik yoki chatishtirganlik uchun ham ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda.

Bundan tashqari, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 111-moddasiga hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi o‘zgartish kiritilmoqda.

Jinoyat kodeksiga va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bankrotlik taomillarini yanada soddalashtirish va sud boshqaruvchilari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 1-fevraldagi Qarorining 8-bandiga muvofiq soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish va qasddan bankrotlikka olib kelganlik jinoiy va ma’muriy javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi o‘zgartishlar kiritilmoqda. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют