» » O‘zbekiston Senati ayblanuvchiga tegishli bo‘lmagan jinoyat qurolini egasiga qaytarish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi

O‘zbekiston Senati ayblanuvchiga tegishli bo‘lmagan jinoyat qurolini egasiga qaytarish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi


O‘zbekiston Senatining 4-oktabr kuni ochilgan 12-yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqildi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Harakatlar strategiyasida jinoyat quroli yoki ma’muriy huquqbuzarlik predmeti sifatida mulkdan foydalanishda mulkdorning aybi bo‘lmagan hollarda mulkni olib qo‘yish (vaqtinchalik olib qo‘yishdan tashqari) va musodara qilishni taqiqlash to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish belgilangan edi.

Mavzuga doir: Deputat: Yangi qonun loyihasi bo‘yicha, jinoyat quroli ayblanuvchiga tegishli bo‘lmasa, musodara qilinmaydi. Egasiga qaytariladi

Ushbu vazifa ijrosini ta’minlashga qaratilgan yangi qonunda yuqoridagi qoidalar Jinoyat-protsessual kodeksining 211-moddasiga va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 27-moddasiga kiritilmoqda.

“Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi”, — deyiladi O‘zA axborotida.

Mavzuga doir: Toshkentda 6 oy ichida 400 dan ortiq fohishalik bilan bog‘liq jinoyat aniqlandi

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (4-10-2017, 16:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 127) ( 0) ( 126) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют