» » Aybsiz mulkdorning shaxsiy mulkini musodara etish taqiqlanadi

Aybsiz mulkdorning shaxsiy mulkini musodara etish taqiqlanadi


Adliya vazirligi ishlab chiqqan yangi qonun loyihasiga muvofiq, jinoyat quroli sifatida ishlatilgan xususiy mulkni musodara qilish taqiqlanadi. Qonun loyihasi hukumat tomonidan ma’qullangan bo‘lib, Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqilmoqda, deb xabar beradi Uz24.

Loyihaga ko‘ra, endi faqat jinoyat ishtirokchisiga tegishli mulk musodara etiladi.

Shuningdek, ma’muriy qonunbuzarlik sodir etishda gumondorga tegishli mulk musodara etilmaydi.

Bugungi kunda Jinoyat-protsessual kodeksning 211-moddasiga muvofiq, jinoyat quroli, kimga tegishli bo‘lishidan qat’iy nazar, musodara etilib, tegishli muassasalarga topshiriladi va u yerda yo‘q qilinadi. Taklif etilayotgan qonunga muvofiq, gumondorga tegishli bo‘lmagan buyum va mulk egasiga yoki ularning merosxo‘rlariga qaytariladi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (13-09-2017, 20:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют