» » O‘zbekistonliklar mobil dasturlar yordamida 432 mln dollar sotib oldi

O‘zbekistonliklar mobil dasturlar yordamida 432 mln dollar sotib oldi


2018-yilning aprel oyidan boshlab joriy qilingan tijorat banklarining mobil dasturlari orqali chet el valyutasini jismoniy shaxslarga sotish (onlayn-konversiya) bo‘yicha bank xizmati aholi o‘rtasida tobora ommalashib bormoqda. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.

2018-yil va 2019-yilning 4 oyi ichida jismoniy shaxslar tomonidan 1,2 milliard dollar miqdorida chet el valyutasi xarid qilingan bo‘lsa, shundan 432.3 million dollari yoki 36 foizi onlayn-konversiya hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

2018-yil aprelidan 2019-yil apreligacha onlayn-konversiya xizmatining jami jismoniy shaxslarga sotilgan valyutadagi har oylik ulushi 9 foizdan 63 foizgacha yetdi. Bunda jami xarid miqdoridagi onlayn-konversiya ulushining keskin o‘sishi asosan joriy yilning yanvar oyidan boshlab kuzatilmoqda.

Ma’lumot uchun, chet el valyutasini masofadan turib xarid qilish uchun mahalliy bankda ochilgan xalqaro to‘lov kartasi hamda bankning tegishli mobil dasturini o‘rnatish imkoniyatini beruvchi smartfonga ega bo‘lish kifoya.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-05-2019, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 84) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют