» » Uzbekistan Airways “Vnukovo” aeroporti mukofotiga sazovor bo‘ldi

Uzbekistan Airways “Vnukovo” aeroporti mukofotiga sazovor bo‘ldi


Rossiyaning “Vnukovo” xalqaro aeroportida 2018—2019-yillar kuz-qish mavsumi natijalari bo‘yicha “Aviakompaniyalar puxtaligi reytingi” mukofotini topshirish marosimi o‘tkazildi. Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati xabar berdi.

Taqdirlash 10 ta nominatsiya bo‘yicha o‘tkazildi. O‘zbekiston milliy avikompaniyasi “Eng jadal rivojlanayotgan xorijiy aviakompaniya” nomnatsiyasida g‘olib bo‘ldi.

Mukofot “Vnukovo” xalqaro aeroporti tomonidan 2019-yilda ta’sis etilgan bo‘lib, uni har yozgi parvozlar natijasi bo‘yicha o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Hozirgi kunda Uzbekistan Airways’ning “Vnukovo” aeroportiga qatnov haftasiga 49 ta reysni tashkil etmoqda. Shundan 21 tasi Toshkentdan, 28 tasi esa boshqa viloyat aeporotlaridan amalga oshirilmoqda.

Uzbekistan Airways Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yetakchi avitashuvchilardan biri bo‘lib, dunyoning 40 dan ortiq shaharlariga parvozni amalga oshiradi. Avikompaniyaning havo floti Boeing 757, 767, 787 Dreamliner va Airbus 320 smolyotlaridan iborat.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2019, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют