» » O‘zbekistonda “Obod qishloq” dasturini moliyalashtirishga Islom taraqqiyot banki jalb etiladi

O‘zbekistonda “Obod qishloq” dasturini moliyalashtirishga Islom taraqqiyot banki jalb etiladi


Islom taraqqiyot banki va Arab muvofiqlashtirish guruhi jamg‘armalari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Qaror bilan Islom taraqqiyot banki va Arab muvofiqlashtirish guruhi jamg‘armalari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha Harakatlar rejasi tasdiqlandi.

Harakatlar rejasi doirasida “Obod qishloq” dasturini moliyalashtirishga Islom taraqqiyot banki jalb etiladi.

O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Islom taraqqiyot banki o‘rtasida memorandum imzolanadi.

Islom xususiy sektorini rivojlantirish korporatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi tashkil etiladi va hamkorlik kengaytiriladi.

2019—2021-yillarda Islom taraqqiyot banki bilan jami qiymati 2 milliard 42 million dollardan ko‘proq miqdordagi 17 ta investitsiya loyihasi amalga oshiriladi. Jumladan, “Bishkek–Dushanbe–Termiz” avtomobil yo‘li rekonstruksiya qilinadi.

Arab muvofiqlashtirish guruhi jamg‘armalari bilan 12 ta loyiha amalga oshiriladi, mazkur loyihalarning qiymati 1 milliard dollardan ko‘proq.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 114) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют