“Tottenhem” Kristian Eriksenga o‘rinbosar topdi
“Tottenhem” “Betis” yarim himoyachisi Jovani Lo Chelsoga qiziqish bildirmoqda, deya xabar berdi AS.
London klubi 23 yoshli xavbekni Kristian Eriksen o‘rniga olib kelmoqchi. Eslatib o‘tamiz, Eriksen Yevropa Chempionlar Ligasi final bahsidan so‘ng “Real”ga ko‘chib o‘tishi kutilmoqda.
Manbada yozilishicha, “shporlar” allaqachon argentinalik transferi borasida muzokaralarni boshlab yuborgan va u uchun 60 million yevro to‘lashga tayyor.
Transfer mablag‘ining 20 foizi PSJga o‘tadi. Chunki Lo Chelso Ispaniyaga kelishdan avval parijliklar safida to‘p surgan.
Bundan tashqari futbolchiga “Manchester Yunayted” ham qiziqish bildirmoqda.
Ma’lumot uchun, Jovani Lo Chelso joriy mavsum La Liga doirasida 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 6 ta golga assistentlik qildi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Manba: Daryo.uz