» » Mbappe Fransiya futboli tarixiga kirishda davom etmoqda

Mbappe Fransiya futboli tarixiga kirishda davom etmoqda


PSJ hujumchisi Kilian Mbappe Fransiya chempionatining 38-turida “Reyms” darvozasiga gol urdi (1:3).

20 yoshli hujmchi joriy mavsum Fransiya chempionatida 33 ta golga muallif qildi va musobaqaning eng yaxshi to‘purariga aylandi.

Squawka’ning xabar berishicha, Mbappe XXI asrda mamlakatning yuqori divizionida “Oltin butsa”ga ega chiqqan oltinchi fransiyalik futbolchi bo‘ldi.

Avvalroq Jibril Sisse (2001/02, 2003/04), Karim Benzema (2007/08), Andre-Pyer Jinyak (2008/09), Olivye Jiru (2011/12) va Aleksandr Lyakazett (2014/15) mazkur sovrinni qo‘lga kiritgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mbappe Fransiyada 2018/19-yilgi mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi hamda eng yaxshi yosh o‘yinchisi deya e’tirof etilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 108) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют