» » Buxoroda tomorqasida nasha yetishtirgan yoshi bir joyga borib qolgan fuqaro ozodlikdan mahrum qilindi

Buxoroda tomorqasida nasha yetishtirgan yoshi bir joyga borib qolgan fuqaro ozodlikdan mahrum qilindi


Buxoro shahrining Razzoq Hamroyev kochasida yashovchi R.N. 2018-mart oyida uyining tomorqasi 1?1 kvadrat metr maydoniga, makkajoxori orasiga ikki tup kannabis (nasha) osimligini qonunga xilof ravishda ekib, osimliklarni 2018-yil oktabr oyiga qadar parvarishlab yetishtirib olgan.

R.N. kannabis barglarini quritib, maydalab, marixuana tayyorlab, uni Buxoroning Joybor kochasidagi oziq-ovqat dokoni oldida sotmoqchi bolgan. 2018-yil 29-noyabr kuni Buxoro viloyati IIB JQB tezkor xodimlari tomonidan yuborilgan maxsus xaridorga 9,23 gramm marixuanani 800 ming somga sotayotgan vaqtida ushlangan.

Shu kuni uning uyidan uch dona gugurt qutichasi, gazeta bolaklari orami va ikki dona polimer paketlarga alohida-alohida orab joylashtirilgan, umumiy ogirligi 112,29 gramm bolgan marixuana topilgan. Ushbu holat boyicha jinoyat ishlari boyicha Shofirkon tuman sudida sud majlisi bolib otgan.

Gazeta.uzning yozishicha, yoshi bir joyga borib qolsa-da, jinoyat yoliga kirgan R.N. Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi (taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) va 273-moddasi 5-qismi (giyovandlik vositalarini kop miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) bilan aybdor deb topilib, 3 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilingan.



Manba: Daryo.uz
: admin (25-05-2019, 21:14)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 6) ( 0) ( 5) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -