» » “Barselona” “Valensiya”ga yutqazib, Ispaniya Kubogidan quruq qoldi (video)

“Barselona” “Valensiya”ga yutqazib, Ispaniya Kubogidan quruq qoldi (video)


25-may, shanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya Kubogi final uchrashuvida Ernesto Valverde qo‘l ostidagi Kataloniyaning “Barselona” klubi Sevilyadagi “Benito Vilyamarin” stadionida “Valensiya” bilan musobaqa g‘olibligi uchun kurash olib bordi.

Bellashuvda “Ko‘rshapalaklar” hujumchilari Kevin Gameyro (21) va Rodrigo (33) urgan gollarga Kataloniya klubi hujumchi Lionel Messining (73) goli bilan javob qaytardi.

Shu tariqa “Barselona” musobaqa finalida “Valensiya”ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi va Ispaniya Kubogidan quruq qoldi.

Ispaniya Kubogi

Final bahsi

25-may, shanba

Gollar: 0:1 — 21 Gameyro, 0:2 — 33 Rodrigo, 1:2 — 73 Messi

“Barselona”: Sillessen, Langle, Pike, Alba, Serji Roberto, Koutinyo, Buskets, Artur (Vidal, 46), Rakitich (Alenya, 76), Nelson Semedu (Malkom, 46), Messi

“Valensiya”: Domenek, Gabriel, Garay, Gayya, Soler, Vass, Koklen, Parexo (Kondogbia, 65), Gedesh, Rodrigo (Diakabi, 88), Gameyro (Pichchini, 72)

Ogohlantirishlar: Gayya (53), Buskets (61), Kondogbia (70), Vidal (89)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2019, 02:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 102) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют