» » Lionel Messi “El-Klasiko”da ishtirok eta oladimi?

Lionel Messi “El-Klasiko”da ishtirok eta oladimi?


“Barselona” Ispaniya Kubogining 1/2 final bosqichi dastlabki o‘yinida “Real Madrid”ga qarshi maydonga tushadi. Kataloniya klubi bellashuv uchun qaydnomani e’lon qildi.

La Liganing 22-turida “Valensiya”ga qarshi bahsda kichik jarohat olgan argentinalik hujumchi Lionel Messi o‘yin qaydnomasiga kiritilgan. Ammo maydonga tushadimi yoki yo‘q, bunisi hamon so‘roq ostida qolmoqda.

Fransiyalik Usmon Dembele esa shamollab qolgani uchun qaydnomaga kiritilmagan. Avvalroq futbolchi boldir qismidan olgan jarohatidan qayta tuzalgani va “El-Klasiko”ga tayyor ekani haqida xabar berilgandi.

“Barselona” qaydnomasi:

Darvozabon: Mark-Andre ter Shtegen, Ignasio Penya

Himoyachilar: Nelson Semedu, Jerar Pike,  Jeyson Murilyo, Kleman Langle, Jordi Alba, Serji Roberto, Tomas Vermalen.

Yarim himoyachilar: Ivan Rakitich, Serji Buskets, Filippe Koutinyo, Artur,  Karles Alenya, Arturo Vidal.

Hujumchilar: Kevin-Prins Boateng, Lionel Messi, Luis Suares, Malkom.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют