» » Niko Kovach “Bavariya”dagi debyut mavsumidayoq oltin dublga erishdi

Niko Kovach “Bavariya”dagi debyut mavsumidayoq oltin dublga erishdi


“Bavariya” Germaniya Kubogi finalida “Leypsig”ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi (3:0).

Myunxen klubi bosh murabbiyi Niko Kovach “Bavariya”dagi debyut mavsumidayoq oltin dublga erishdi, jamoa avvalroq Germaniya chempioniga ham aylangandi.

Eslatib o‘tamiz, “Bavariya” Yevropa Chempionlar Ligasining 1/8 finalida musobaqa finalchisi “Liverpul”ga ikki o‘yin natijasiga ko‘ra mag‘lub bo‘lgandi (0:0, 1:3).

Bu 47 yoshli mutaxassisning murabbiylik faoliyatidagi 4-sovrini bo‘ldi. Mavsum avvalida u Germaniya Superkubogini qo‘lga kiritgandi.

Ma’lumot uchun, Kovach o‘tgan yili “Ayntraxt” jamoasi bilan Germaniya Kubogini o‘ziniki qilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют