» » Bundesligada chempionlik hal etiladigan kun: “Bavariya” “Ayntaxt F”ni qabul qiladi, “Borussiya D” esa “Borussiya M” mehmoni bo‘ladi”

Bundesligada chempionlik hal etiladigan kun: “Bavariya” “Ayntaxt F”ni qabul qiladi, “Borussiya D” esa “Borussiya M” mehmoni bo‘ladi”


18-may, shanba kuni futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining so‘nggi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Niko Kovach qo‘l ostidagi Myunxenning “Bavariya” klubi “Alyans Arena”da “Ayntraxt Frankfurt”ni qabul qiladi. Qayd etish joiz, “qizillar” 33-turda “Leypsig” bilan durang o‘ynagandi (0:0). Eslatib o‘tamiz, “Bavariya” 75 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida yetakchilik qilmoqda.

Shu kuni Lyusyen Favr boshliq “Borussiya Dortmund” jamoasi “Borussiya Myunxengladbax” maydoniga safar qiladi. Ikkala uchrashuv ham 18:30 da boshlanadi. Ta’kidlash joiz, dortmundliklar avvalgi turda “Fortuna Dyusseldorf”ni 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi. Ma’lumot uchun, “Borussiya Dortmund” 73 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turibdi.

Bundesliga

34-tur bahslari

18-may, shanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2019, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют