» » “Leypsig”—“Bavariya”. Bundesliga 33-tur bahslari anonsi

“Leypsig”—“Bavariya”. Bundesliga 33-tur bahslari anonsi


11-may, shanba kuni futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 33-turiga start beriladi.

Turning markaziy o‘yinida Niko Kovach qo‘l ostidagi Myunxenning “Bavariya” klubi mehmonda “Leypsig” jamoasi bilan bahsga kirishadi. Qayd etish joiz, Myunxen klubi 32-turda “Hannover”ni 3:1 hisobida taslim qilgandi.

Shu kuni Lyusyen Favr boshqaruvidagi Dortmundning “Borussiya” klubi “Signal Iduna Park”da “Fortuna Dyusseldorf”ni qabul qiladi. Eslatib o‘tamiz, dortmundliklar oxirgi turda “Verder” bilan durang o‘ynagandi (2:2). Ikkala uchrashuv ham Toshkent vaqti bilan soat 18:30 da start oladi.

Ma’lumot uchun, “Bavariya” 74 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida yetakchilik qilayotgan bo‘lsa, 2-o‘rinda borayotgan “Borussiya Dortmund” hisobida esa 70 ochko mavjud.

32-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:

Bundesliga

33-tur bahslari

11-may, shanba

12-may, yakshanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют