» » “Real” Serxio Ramos o‘rniga nomzodlarni topib qo‘ydi

“Real” Serxio Ramos o‘rniga nomzodlarni topib qo‘ydi


“Real” sardori Serxio Ramos jamoani tark etishi ehtimoli sabab mardidliklar himoyani kuchaytirish bo‘yicha variantlarni o‘rganmoqda, deya xabar beradi AS.

Madrid klubi rahbariyati 33 yoshli ispaniyalik futbolchi o‘rniga 4 ta nomzodni ko‘rib chiqadi.

“Real” anchadan buyon “Napoli” vakili Kalidu Kulibaliga qiziqish bildirmoqda. Italiyaliklar afrikalik futbolchi transferidan 120 million yevro ishlab olishni ko‘zlagan. Avvalroq neapolliklar “Qirollik klubi”ning 90 million yevrolik taklifini rad etgani haqida xabar berilgandi.

“Ayaks” sardori Matteys de Ligtga ham taklif bilan chiqish varianti yo‘q emas. Amsterdam klubi uni 70 million yevroga baholamoqda. “Barselona” o‘yinchini sotib olishga yaqin turibdi, biroq madridliklarning muzokaralarga aralashishi uchun hali vaqt bor.

Mazkur ro‘yxatda Virjil van Deyk varianti ham mavjud. Ammo niderlandiyalik bilan kelishuvga erishish murakkab. “Liverpul” o‘yinchini qo‘yib yubormoqchi emas va uning uchun kamida 100 million yevro talab qilishi mumkin.

Avvalroq “Real” “Atletiko” a’zosi Xose Himenesni sotib olishni mo‘ljallayotgandi, biroq klubning azaliy raqibi bo‘lgan “matraschilar” futbolchi bilan yangi shartnoma imzoladi va tovon pulini 60 milliondan 100 millionga oshirib qo‘ydi.

“Real”da “Espanyol”dan Mario Ermosoni 7,5 million yevroga qaytarib olish variant ham mavjud. Bundan tashqari uning short-listidan Milan Shikrinyar (“Inter” — 60 million yevro) hamda Antonio Ryudiger (“Chelsi”) ham o‘rin egallagan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют