» » Yaponiyada rekord darajadagi havo harorati qayd etildi

Yaponiyada rekord darajadagi havo harorati qayd etildi


26-may kuni Yaponiyaning eng shimoliy Xokkaydo orolida may oxiri uchun xos bo‘lmagan jazirama qayd etildi. Saroma qishlog‘ida harorat Selsiy bo‘yicha 39,5 darajagacha ko‘tarildi, deb yozadi “TASS”.

Xokkaydoning janubiy qismidagi tog‘ hududida joylashgan Obixiro shahrida havo harorati 127 yillik rekordni yangilagan. Tushga yaqin u yerda harorat 38,8 darajagacha qizib ketgan.

Sinoptiklar ta’kidlashicha, hattoki yozga xos bo‘lmagan jazirama Xokkaydoda issiq shamol hamda bulutlar xalal bermagan juda yorqin quyosh nurlari ta’sirida hosil bo‘lgan.

Issiq havo Yaponiyaning boshqa hududlarida ham kuzatildi. Xususan, Tokioda kunduzi harorat 32 darajadan oshgan bo‘lsa, qo‘shni Saytama prefekturasida 35,8 darajagacha ko‘tarildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют