11-avgustdan O‘zbekistonda havo harorati pasayadi
Juma kunidan O‘zbekiston bo‘ylab havo harorati o‘rtacha +30…35 darajagacha pasayadi. Bu haqda Uz24 xabar bermoqda.
“O‘zgidromet” markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 11-avgust kuni Toshkentda yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +23…+25, kunduzi — +33…+35 darajaga yetadi. Shamol tezligi 12–17 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
Farg‘ona vodiysida ham yog‘ingarchiliklar kuzatiladi, shamol tezligi 15–20 metr/sekundgacha kuchayadi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida harorat kunduzi +28…33, kechasi — +15…20 darajagacha tushadi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 11 avgustda havo harorati kunduzi +34…+39, 12-15-avgustda — +30…+35 darajani tashkil qiladi.
Shimoliy hududlarda 11-12-avgust kunlari kunduzi harorat +27…32, kechasi — +15…20 darajaga yetadi.
“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Добавить комментарий!






- отсутствуют

- отсутствуют
