» » Fotogalereya: Qadimgi dunyoning 7 mo‘jizasi qanday ko‘rinishda

Fotogalereya: Qadimgi dunyoning 7 mo‘jizasi qanday ko‘rinishda


Bugungi kunda sayohatga otlangan istalgan kishi avval internetga nazar tashlaydi. Bu bilan u diqqatga sazovor joylarning reytingini, u haqida boshqa sayyohlarning fikrini, qayerga borishi ma’qulligini bilib oladi. Bugungi kunda “Dunyoning yetti mo‘jizasi” deb tanilgan sayyohlik markazlarining ro‘yxati ana shu maqsadda tuzilgan.

Bu ro‘yxat o‘zida miloddan avvalgi 1-va 2-asrga oid inson tasavvuri va topqirligining ajoyib misollarini, mukammal me’morchilik va muhandislik, turli yunon yozuvchilari tomonidan yo‘l ko‘rsatuvchi sifatida qurilgan mayoqni jamlagan. Lekin siz endigi ta’tilingizda mana shu yo‘nalishga qarab safar qilsangiz, hafsalangiz pir bo‘ladi. Ulardan faqatgina Misr ehromlari — Giza piramidasi vaqt zarbalariga qarshi turib, bugungi kungacha yetib keldi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan Budget Direct me’morlik byurosi ushbu ehromlarning 3D suratini ishlab chiqdi, Travel Ask esa ularni omma e’tiboriga taqdim etdi.

Qadimgi yunonlarning quyosh xudosi Geliosning bronzadan ishlangan ulkan haykali miloddan avvalgi 280-yilda qurilgan. Afsonaga ko‘ra ushbu haykal 32 metr balandlikni tashkil etgan. 56 yildan so‘ng zilzila haykalni yakson qilgan.

Miloddan avval 4-asrda Rodos oroliga hujum qilingan. Biroq, erksevar rodosliklarning mardona qahramonliklari tufayli ular hujumchi kiprliklar ustidan g‘alab qozongan. Ushbu g‘alabadan xotira qoldirish uchun mudofaachilar dunyoda eng katta haykal o‘rnatmoqchi bo‘lgan. Rodoslik Koloss (yunonlar baland haykalni shunday atashgan) nomi bilan mashhur bo‘lgan bu haykal 12 yil davomida qurilgan.  Maydonda bronzadan yasalgan o‘spirinning qiyofasi qad ko‘targan. Bu qadimgi yunonlarning Quyosh xudosi — Geliosning tasviri bo‘lib, orol aholisi bu xudoni o‘zlarining homiylari deb hisoblagan. Rivoyatlarga qaraganda, Rodos oroli dastlab dengiz ostida bo‘lgan, uni yorug‘likka Quyosh xudosi Gelios olib chiqqan. Shu sababli Rodos orolini Gelios oroli deb ham ataladi.

19-asrgacha insoniyat Gizadagi piramidadan ham balandroq bino qura olmagan. Ushbu piramida 400 yildan ortiq vaqt dunyoning eng baland binosi bo‘lib qoldi. Miloddan avvalgi 2560-yilda Qadimgi Misr ahli balandligi 147 metr bo‘lgan piramidani qurib, Misrning marhum fir’avni Xufuni joyladi.  Xufu ehromining har bir tomoni 233 metrga teng, atrofini bir marta aylanib chiqish uchun bir kilometrga yaqin yo‘l bosish kerak. Har bir plitaning og‘irligi ikki tonnaga yaqin.

Bobil shohi Navoxodonosor tomonidan miloddan avvalgi taxminan 600-yilda barpo etilgan. Bobil osma bog‘lari tog‘ga ayvon usulida qurilgan. Qadimgi tarixchilarning xabar berishicha, o‘sha paytlarda Bobil buyuk davlat bo‘lib, o‘zining devorlari, saroy, qasr va dahmalari bilan mashhur bo‘lgan. Osma bog‘lar ustun qilib yuqoriga ko‘tarilgan bir nechta ayvonlardan tashkil topgan. Ularning balandligi 24 metrdan 90 metrgacha yetgan. Daraxtlar va gullar ayvon ustida o‘sgan va ular Frot daryosi suvi bilan sug‘orilgan.

Bu bog‘lar qadimgi Sharqning eng katta va badavlat shahri — Bobilda (hozirgi Iroq davlati hududida) bo‘lgan. Samoviy bog‘larning yaratilishi rivoyatlarda ayol podsho Semiramida nomi bilan bog‘lanadi. Aslida esa ular podsho Navuxodonosor farmoyishi bilan bunyod etilgan.

Mukammallikning namunasi bo‘lgan mayoq Misrda miloddan avvalgi IV asrning oxiri III asrning boshlarida Prolemey Ining buyrug‘iga ko‘ra qurilgan. Binoning balandligi 100 metrdan oshgan va u ko‘p yillar davomida dunyoning eng baland binolari reytingida uchinchi o‘rinni egallab kelgan. Ammo XII va XVI asr oralig‘ida bo‘lgan zilzilalar sabab, vayron bo‘lgan. Vaqt o‘tishi bilan uning o‘rnida o‘rta asr qal’asi qurilgan.

Bugungi kunda ko‘hna joy sifatida xizmat qiladigan ulkan xonani tasvirlaydigan “maqbara” so‘zi aslida shunchaki ism bo‘lgan. Bu ism Karya shohining ismi bo‘lib, u uchun ilk marotaba ulkan, juda murakkab qabr qurilgan. 45 metrli nufuzli maqbara hozirgi Bodrum hududida joylashgan bo‘lib, miloddan avvalgi  350-yilda qurilgan. Misr, yunon va likiya haykaltaroshligi bilan bezatilgan hashamatli oq marmar janoza yodgorligi XIII asrda yuz bergan bir necha zilzilalar qurboni bo‘ldi.

Noyob yog‘ochlardan, tilladan, fil suyagi va qimmatbaho toshlardan ishlangan mahobatli 13 metrli Zevs haykali Olimp tog‘ida miloddan avvalgi 430-yilda qurilgan. Ammo u uzoq vaqt insonlarni hayratga sololmadi. 425-yilda bo‘lgan yong‘inda haykal vayron bo‘lgan.

Kichik Osiyoda joylashgan bu ibodatxona miloddan avvalgi 356-yilda qurilgan. Artemida qadimgi Rimda Diana nomi bilan mashhur bo‘lib, ov ilohasi bo‘lgan. Ushbu iloha sharafiga Efesda (hozirda Turkiyada) miloddan avvalgi VI asrda ibodatxona qurilib, yonib ketgandan keyin miloddan avvalgi  356-yilda qayta tiklangan. Arxeologlarning aytishicha, ibodatxona uzunasiga 104 metr, yonmachasiga 50 metrni tashkil etgan. Uning tosh ustunlari esa 18 metrdan baland bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-05-2019, 03:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют