» » Bokada ekin dalasi haydab tashlandi

Bokada ekin dalasi haydab tashlandi


OzAga Toshkent viloyati Boka tumanidan bir guruh dehqonlar kelib, 7 gektarda parvarishlanayotgan pista, yeryongoq va tarvuz tuman hokimligi, prokuraturasi va ichki ishlar organlari masullari tomonidan buzib tashlangani, dalaning qolgan qismidagi ekinlar ham buzilish arafasida ekani va bu ishlar oqibatida onlab oilaning hayoti izdan chiqib ketishi mumkinligi yuzasidan murojaat qildi. Agentlik muxbirlariBoka tumanining O.Yoldoshev fermerlar uyushmasi hududidagi mazkur dalada bolib, dehqonlar bilan suhbatlashdi hamda vaziyatni organdi.

Quyida maqola toliqligicha etiboringizga havola etiladi.

Yerni yer qilgan biz-u, egalari boshqalar

Dehqonlarning ekinlari haydalish jarayoni ekin parvarishlanayotgan yer maydoni va unga egalik huquqi bilan bogliq bolgani uchun dastavval dala masalasiga oydinlik kiritsak.

2016-yilda 30 gektarlik mana shu dalani olib, sabzavotchilikka ixtisoslashgan Shabada nur omad masuliyati cheklangan jamiyatini tashkil etdik.Suratlarda korib turganingiz kabi ushbu chakalakzorni yer qilguncha ancha ter tokishga togri keldi. Dastavval, suvsizlik sabab tashlandiq holga kelib qolgan dalaga suv olib kelish chorasini kordik. Buning uchun qoshni Oqqorgon tumanining Qayirma qishlogidan dalagacha bolgan 3,5 kilometr masofaga elektr tarmogi tortib keldik. Transformator va suv chiqarish uchun nasos ornatdik. Dalani ajriq va otlardan tozalash uchun yuzlab ishchilar ishlatdik. Bu yerni foydalansa boladigan yer holatiga keltirguncha osha paytlarda 200 million somdan ortiq mablag sarfladik. Xullas, yerni yer qilgan bizu, egalari boshqalar, deydi MChJ rahbari Sunnat Shertoyev.

Shabada nur omad MChJga qarashli bolgan ushbu yer maydoni joriy yil yanvar oyida otkazilgan optimallashtirish jarayonida tuman hokimligi zaxira fondiga olinib, Boka shirin-sut fermer xojaligiga chorvabop ozuqa beda, makkajoxori kabi ekinlar yetishtirish uchun berilgan. Lekin chorvachilikka ixtisoslashgan Boka shirin-sut fermer xojaligi rahbari mazkur yerga egalik qilishdan bosh tortib, tuman hokimi nomiga mazkur yer maydonini hokimlik zaxira fondiga olishni sorab, ariza yozgan.

Xosh, nega? Ushbu savolga javob berishdan avval Shabada nur omad MChJga qarashli yerning qanday qilib optimallashtirishga tushib qolganiga izoh kiritsak.

Loyiha boyicha Shabada nur omad MChJ 2017-yilning 3-choragida 130 ming dollarlik 600 tonna gulkaram eksport qilishi kerak edi.Buning orniga yerni dehqonlarga sotib keldi. Aynan mana shu sabab, yani yerdan samarasiz va maqsadsiz foydalangani uchun MChJ yeri zaxiraga olinib, chorvachilikni rivojlantirish uchun ushbu yonalishdagi fermer xojaligiga berilgan, deydi tuman hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boyicha birinchi orinbosari Umid Yoldoshev.

Yuqoridagi savolga qaytamiz: fermer nega yerni olishni istamayapti? Tuman hokimining birinchi orinbosari va Shabada nur omad MChJ rahbarining qayd etishicha, fermer bu yerni ishlatishi uchun suv kerak. Suv uchun esa yerning sobiq egasi bolmish MChJ bilan 3,5 kilometrga tortilgan elektr energiyasi, transformator va nasosni kelishish kerak. Tabiiyki, fermerga bu kelishuv xojalikka kelishi mumkin bolgan foydaga nisbatan juda qimmatlik qiladi. Ushbu vositalarsiz esa yer boz boyagi chakalakzor holiga qaytishi mumkin. Aynan mana shunday sabablar tufayli fermer yerdan voz kechishga qaror qilgan. Ammo, yerni topshirish boyicha hokimga ariza bergani bilan amalda yer uniki. Ahamiyat bering, amalda yer Boka shirin-sut fermer xojaligiga qarashli.

Dehqonlar bilan suhbatimiz chogida ular yer masalasida Shabada nur omad MChJ rahbari bilan kelishib ishlayotganini malum qildi. Qiziq holat, etibor bering, yer MChJdan yanvar oyida tuman zaxira fondiga olingan. Dehqonlar esa mart-aprel oylarida MChJ rahbari bilan kelishib, ekin-tikin ishlarini boshlagan. Yana osha savol, qanday?

Yerimiz optimallashtirish jarayonida boshqa fermer xojaligiga berilgani haqida xabarim yoq edi.Bu haqda menga biror bir tashkilotdan xat yoki boshqa hujjat kelmagan. Hech bolmaganda telefon orqali ham xabardor qilishmagan. Xabarim bolganida mehnat va mablag sarflagan yerim uchun kurashar, masullarga vaziyatni tushuntirar edim. Axir, oradan bor-yogi 2 mavsum otdi va shu qisqa vaqt mobaynida 30 gektarlik haybatli changalzorni yer qildik. Tabiiyki, bunga yuqorida aytganimdek, yaxshigina mablag sarfladik. Yer endi yer boluvdi. Biz ham shunga tayyorlanib, eksport boyicha yirik loyihalarni rejalashtirgandik. Agar hali ham imkoniyat berilsa, tashlandiq yerni obod qilganimiz kabi sabzavot yetishtirish va eksport qilishda ham yuzimizni yorug qilamiz, deydi Shabada nur omad MChJ rahbari Sunnat Shertoyev.

Optimallashtirish jarayonida MChJga qarashli yer maydonining hech qanday ogohlantirish yoki xabarsiz olib qoyilishi yuzasidan tuman hokimining birinchi orinbosariga yuzlandik.

Joriy yil 9-yanvar kuni Vazirlar Mahkamasining optimallashtirish jarayoni boyicha tegishli qarori qabul qilingan bolsa, 30-yanvargacha bolgan qisqa vaqt ichida tumandagi 1 ming 100 ta fermer xojaligi ushbu jarayonga qamrab olindi. Tabiiyki, bunday tigiz vaziyatda kamchiliklar bolib turadi. Jumladan, Shabada nur omad MChJga yeri tuman zaxira fondiga olingani boyicha xabar qilinmagan, deydi tuman hokimining birinchi orinbosari.

Yolimga, qolimga termulib, ilhaq kutayotgan farzandlarimga nima deyman!?

Ayni paytda mavzu obekti bolib turgan mazkur yer maydoni haqida malum tasavvurga ega boldik. Endi bevosita ekinlarning haydalishi bilan bogliq voqealarga etiboringizni qaratsak.

1617-may kunlari tuman hokimligi, prokuraturasi va ichki ishlar idorasidan vakillar kelib, bu yerdagi ekinlar noqonuniy ekanini tushuntirdi.Shu sabab buzamiz, deyishdi. Biz ularga holimizni tushuntirdik, ular oz holini tushuntirdi. Xullas, 5 gektar pistani buzib, paxta ekishga va parvarishlashga kelishdik. Vadaga vafo qilib, 20 may kuniga qadar shu daladagi dehqonlar hashar yoli bilan 5 gektarga chigit qadadik, deydi dehqonlar.

Murojaatchilarning qayd etishicha, 21-may kuni yana tuman masullari kelib, dalaga traktor solgan va uni ekin maydoni boylab kondalangiga yurgizib, 2 gektardan ortiqroq yerdagi pista, yeryongoq va tarvuz haydab tashlangan.

1,5 gektarda tarvuz, 1 gektarda yeryongoq parvarishlayapmiz.1,5 gektardagi pistani buzib, paxta ekdik. Bunisiga rozimiz, qaysiki noqonuniy hatti-harakatimiz, yani tegishli huquqiy hujjatlarsiz, yana ozboshimchalik bilan yerga ekin ekkanimiz uchun. Axir aytishadiku, qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi, deb. Lekin biz dehqonmiz. Korsatilgan yerni obod qilishga, mol hosil olishga organganmiz. Agar hujjatli ishlarga aqlimiz yetganida Namanganning Chustini, solim qishlogim Olmosdan olislarda oilamdan, yoru dostlarimdan olisda yurmasdim. Bu masala oz yoliga. Lekin tarvuz va pistamizni ham buzishmoqchi. Axir biz bu yerga daromad olish, bola-chaqa boqish, rozgor tebratish uchun oilamizning bor-yogini ayni paytga qadar 25 million som tikkanmiz. Ularni mehnatimiz bilan qoshib yerga qorishsa, yolimga, qolimga termulib, ilhaq kutayotgan oilamga nima deyman!?, deydi Odil Ergashev.

Dehqonlarning takidlashicha, ular tuman mutasaddi vakillariga noqonuniy faoliyatini qonuniylashtirish, yani shartnoma tuzishni taklif qilgan. Ammo mutasaddilar buzish fikrida qatiy.

2 gektar yeryongoq, 1 gektar tarvuz ekkanman.1 gektar yeryongogimiz 21 may kuni buzib tashlandi. Bizga eng alam qilgani nima bilasizmi, ular ekinlarimizni buzib, paxta ekishmoqchi. Hafta-on kunda yoz boshlanar pallasi paxta ekishmoqchi. Axir bu turgan bitgani isrofku. Birinchidan, chigit va paxtaga sarflangan pul havoga ketadi. Chunki bu payt ekilgan chigitdan paxta bolmaydi. Ikkinchidan, bozorimizga chiqishi va hatto eksport qilinishi mumkin bolgan shunga hosil boy beriladi. Uchinchidan esa bu yerda chayla qurib, mehnat qilayotgan 9 oilaning hayoti izdan chiqadi. Chunki ular bu yerga bor-budini sarflagan, deydi Nematillo Baxonov.

Darhaqiqat, ekinlarga yaxshigina mablag sarflangan. Buni dehqonlarning bir gektar tarvuz uchun sarflanadigan mablagi misolida ham korish mumkin. Chunonchi, bir gektarga 78 ming tarvuz urugi qadaladi. Bir dona urug 400500 som. Bu bir gektarga faqatgina urug uchun ortacha 3 million 500 ming demakdir. Gektariga 110120 kilogramm plyonka zarur boladi. Uning bir kilosi 1617 ming som. Demak, gektariga ortacha 1 million 700 ming som plyonka uchun pul sarflanadi. Yerni shudgorlash, ekinni ogitlash, mavsumiy ishchilarga kunlik pul berish, xullas bir gektar tarvuz tayyor bolib, hosil olinguncha xarajat 10 milliondan ancha yuqorilab ketadi. Muammoli dalaning mavjud 30 gektari boyicha moddiy zarar esa tabiiyki, shunga yarasha boladi.

Xosh, unda nega ekinlar buzib tashlanmoqda? Tuman mutasaddilari bu zararlarni bilishmaydimi? Bilsa unda nega buzish fikrida qatiy?

Murojaatchilarning fikrlarini etiboringizga havola etdik. Tabiiyki, bu tanganing bir tomoni. Dehqonlarning aqli yetgan narsaga tuman mutasaddilarining aqli yetmaydimi. Nazarimizda, keragicha yetadi. Demak, tanganing ikkinchi tomoni ham bor.

Lekin u tomon bizga ham malum emas. Biz unga aniqlik kiritish maqsadida mazkur jarayon ishtirokchisi bolgan tuman hokimining qishloq xojaligi boyicha orinbosariga bir necha bor qongiroq qildik. Dastlabki va yagona muloqotimizda murojaatimiz mazmunini eshitib-eshitmas, goshakni qoydi. Va afsuski qaytib kotarmadi.

Oylashimizcha, tuman mutasaddilari nima ish qilishini bilmasdan zerikib, ekinlarni buzdirmagan. Buning oziga yarasha sabablari borligi tabiiy. Biz ulardan ushbu holat boyicha asosli javobni kutamiz.



Manba: Daryo.uz
: admin (27-05-2019, 10:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 25) ( 0) ( 23) ( 2)
:
-
:
20 ... -