» » Xorazmda boshqa ekinlar uchun ajratilgan yerlarga sholi ekmoqchi bo‘lgan fermerlar prokuratura tomonidan ogohlantirildi

Xorazmda boshqa ekinlar uchun ajratilgan yerlarga sholi ekmoqchi bo‘lgan fermerlar prokuratura tomonidan ogohlantirildi


O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati ba’zi OAVlarda paydo bo‘lgan “Xorazmlik fermerlar: Prokuror sholi ekmaslik haqida majburiy tilxat yozdirib olmoqda” sarlavhali xabarlar yuzasidan “Daryo”ga izoh berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Shovot tumanida Vazirlar Mahkamasining 29-martdagi “2019-yil hosili uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish va mahsulot yetishtirishning prognoz hajmlari to‘g‘risida”gi qarori hamda uning ijrosi yuzasidan viloyat hokimining 4-apreldagi qarori talablariga rioya qilinmayotganligi aniqlangan.

Xususan, Bosh prokuratura matbuot xizmatining qayd etishicha, tumanda sug‘oriladigan ekin maydonlarining jami 3975 gektari, shundan yuqoridagi qarorlar bilan joylashtirilgan rejadagi 485 gektar sabzovot, 213 gektar poliz ekinlari, 198 gektar kartoshka, 332 gektar kunjut, 802 gektar mosh va 2873 gektar ozuqa ekinlari ekilmagan.

Ushbu 3975 gektar sabzovot, poliz, kartoshka, kunjut, mosh va ozuqa ekinlari ekilishi nazarda tutilgan yer maydonlariga fermer xo‘jaliklari tomonidan yuqoridagi qarorlar bilan tasdiqlangan ekin turlarini ekmasdan, o‘zboshimchalik bilan sholi ekish maqsadida tayyorlanib kelinayotganligi haqida ma’lumotlar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, yuqorida keltirilgan qarorlar ijrosini ta’minlash va ushbu qaror talablarini buzilishini oldini olish maqsadida Shovot tuman prokuraturasi tomonidan fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, ular qonun hujjatlari buzilishini oldini olish yuzasidan rasman ogohlantirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют