» » “Maxsustrans” faoliyati davomida ilk bor qariyb 300 mln so‘mlik sof foydaga ega bo‘ldi

“Maxsustrans” faoliyati davomida ilk bor qariyb 300 mln so‘mlik sof foydaga ega bo‘ldi


“Maxsustrans” DUK tomonidan yil boshidan maishiy chiqindilar to‘planadigan shoh ko‘chalarga, mahallalarga, korxona va tashkilotlarga 100 dan ortiq 1100 litr va 750 litr hajmdagi qutilar, transport vositalariga zamonaviy sputnik orqali kuzatuv uskunalar, yangi yer osti innovatsion shohobchalar o‘rnatildi. Bu haqda korxona matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Ushbu tadbirlarning barchasi aholidan tushgan mablag‘lar hisobiga amalga oshirildi. Uzoq yillar davomida ilk bor “Maxsustrans” IChB DUK tomonidan ijobiy iqtisodiy ko‘rsatkich qayd etildi, ya’ni 282 million so‘mlik sof foydaga erishildi.

2019-yil davomida korxona tomonidan Toshkent shahrida yana 10 ta zamonaviy yer osti chiqindi yig‘ish maydonchalari quriladi, 11 ta chiqindi yig‘ish maydonchalari rekonstruksiya qilinadi, 220 ta chiqindi yig‘ish shahobchalari joriy ta’mirlanadi, 322 dona 750 litr hajmdagi va 230 dona 1100 litr hajmdagi konteynerlar yangilanadi.

Yakka tartibdagi xonadonlarga shartnoma asosida 500 dona yangi tipdagi 120 litr hajmdagi plastik qutilar o‘rnatiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bir sutka davomida mahalla va korxonalardan kuniga 1800 tonna chiqindi chiqariladi, bu 45 ta temiryo‘l vagoniga teng. Ushbu chiqindilarni tashish uchun 240 ta og‘ir yuk tashuvchi texnika xizmat ko‘rsatadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-05-2019, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 44) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют