» » O‘zbekistonda Ramazon hayiti arafasida umumiy afv e’lon qilinishi kutilmoqda

O‘zbekistonda Ramazon hayiti arafasida umumiy afv e’lon qilinishi kutilmoqda


O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov shu kunlarda Oq uy, Kongress, Davlat departamenti va boshqa idoralarda muloqot olib bordi. Safar chog‘ida u “Amerika ovozi” teleradiosi muxbiri savollariga ham javob qaytardi, deya xabar beradi “Xalq so‘zi”.

Usmonxon Alimov intervyusida so‘nggi 3 yil davomida Prezident tashabbusi bilan 20 mingdan ortiq kishi “qora ro‘yxat”dan butunlay chiqarilgani aytdi.

Yaqinda Prezident tomonidan maxsus hay’at tuzilgani, bu hay’at jazoni o‘tash koloniyalariga borib, mahbuslar bilan shug‘ullanayotgani, jarayon jadallashayotganiga to‘xtalib o‘tdi.

Hay’at ichki ishlar xodimlari, imomlar va boshqa tashkilotlar vakillaridan tuzilgan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi bundan ko‘zlangan maqsad Ramazon hayitigacha ularni ozod qilish ekani, ayyom arafasida umumiy afv e’lon qilinishi kutilayotganini bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-05-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 39) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют