» » Chustdagi “shifobaxsh” suvni pullayotganlar, Jirinovskiyning bashoratlari, o‘zbek telekanallaridagi yutuqli o‘yinlar va kunning boshqa xabarlari

Chustdagi “shifobaxsh” suvni pullayotganlar, Jirinovskiyning bashoratlari, o‘zbek telekanallaridagi yutuqli o‘yinlar va kunning boshqa xabarlari


27-mayning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo” dayjestida.

Chustdagi artezian quduq suvining bir litri 1000 so‘mdan pullanmoqda.

Chust tumani Qodirobod hududida chiqqan “shifobaxsh suv” haqidagi ovoza bolalayapti. Undan naf ko‘rishni istaganlar juda ko‘p. Yo‘l yoqasidagi uddaburonlar esa har litrini ming so‘mdan pullashmoqda.

***

Jirinovskiy yaqin o‘n yil ichida butun dunyo bo‘ylab sodir bo‘ladigan hodisalarni “bashorat” qildi.

73 yoshli siyosatchi Xitoy iqtisodiyotining inqirozini, Eronga raketa zarbalari amalga oshirilishini, Ukrainaning tarqab ketishi va Markaziy Osiyo islom radikallari tomonidan egallab olinishini bildirdi.

***

“Boriga baraka”, “Omad shou”, “Millioner shou” kabi ko‘rsatuvlar tomoshabinga nima bermoqda?

Teleekranlarimizni “bezab” turgan va keyingi paytlarda go‘yoki kim o‘zarga har bir kanalda tashkil etilayotgan, mohiyatan esa qimorni eslatuvchi ko‘rsatuvlarni bir ko‘z oldingizga keltiring: “Boriga baraka”, “Omad shou”, “Millioner shou”, “Oltin kalit”... Ular shakl jihatdan biroz farq qilsa-da, ammo barchasining negizida ko‘pchilikning pulidan kamchilikka foyda keltirish, mehnat qilmasdan oson pul topish, o‘zgalarning hisobidan bir pasda boyib ketish – mashinali yoki uyli bo‘lib qolish kabi noto‘g‘ri g‘oyalar mujassam.

***

O‘zbekiston gilosi birinchi marta London bozorlarida, o‘rigi esa Hindistonda sotilmoqda.

London rastalarida, xususan, shahardagi G‘arbiy xalqaro bozor (Western International Market)da O‘zbekiston—Britaniya savdo-iqtisodiy munosabatlari tarixida ilk bor 25-may kuni O‘zbekistonning Namangan viloyatida yetishtirilgan yangi giloslar paydo bo‘ldi.

Hindiston bozoriga esa o‘zbek o‘rigining birinchi partiyasi topshirildi.

***

O‘zbekistonda Prezident maktablariga hujjatlarning onlayn qabuli 1-iyun kunidan boshlanadi.

Prezident maktablariga hujjatlar 2019-yilning 1-iyunidan 22-iyunigacha topshiriladi. Joriy yilda Namangan, Nukus, Xiva va Toshkentdagi Prezident maktablariga o‘quvchilar 5—10-sinflariga, kelgusi yillardan boshlab esa 5-sinfga qabul qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-05-2019, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют