» » 2020-yilda Ozbekistonda gildirak disklari ishlab chiqaruvchi korxona ishga tushiriladi

2020-yilda Ozbekistonda gildirak disklari ishlab chiqaruvchi korxona ishga tushiriladi


2020-yili Ozbekistonda disk ishlab chiqaruvchi korxona ishga tushiriladi. Qoshma korxonaning nizom jamgarmasi 3,4 million dollarni tashkil etadi, shundan 1,5 million dollar miqdoridagi togridan-togri chet el investitsiyasi kiritilishi belgilangan, bu haqda Ozagrotexsanoatxolding matbuot xizmati malumotiga tayanib Spot xabar qiladi.

Toshkent qishloq xojaligi texnikasi zavodi AJ hamda Xitoyning Shijiazhuang Zhongxing Machinery Manufacture Co Ltdkompaniyasi ortasida qoshma korxona tuzish boyicha kelishuvga erishildi.

Loyiha qishloq xojaligi va yuk tashish transporti uchun disk ishlab chiqarishni tashkil etish boyicha amalga oshiriladi.

Yangi qoshma korxonaning nizom jamgarmasi 3,4 million dollarni tashkil etadi, shundan 1,5 million dollar miqdoridagi togridan-togri chet el investitsiyasi kiritilishi belgilangan. Kelishuvga asosan korxonaga 30 dan ortiq yangi zamonaviy asbob-uskunalar olib kelinadi.

Shuningdek, korxonaning ishlab chiqarish quvvati yiliga 100 ming dona gildirak disklari ishlab chiqarish tashkil etib, mamlakatning ushbu mahsulotga bolgan ehtiyojni toliq qondiradi. Yangi tashkil etilayotgan korxonada 100 ga yaqin yangi ishchi orinlari yaratiladi.

Ushbu korxona 2020-yilning birinchi choragi yakunida toliq ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Shijiazhuang Zhongxing Machinery Manufacture Co Ltd Xitoyning yetakchi disk ishlab chiqaruvchi kompaniyasi bolib, 2002-yilda tashkil etilgan.



Manba: Daryo.uz
: admin (27-05-2019, 21:59)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 3) ( 0) ( 2) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -