» » Xitoyda yo‘lovchi beshinchi qavatdan tushib ketgan 2 yoshli bolani ushlab qoldi (video)

Xitoyda yo‘lovchi beshinchi qavatdan tushib ketgan 2 yoshli bolani ushlab qoldi (video)


Xitoyning Inin shahrida erkak beshinchi qavatdan tushib ketgan bolani salqab qoldi, deb xabar berdi Inside Edition.

Ma’lum bo‘lishicha, 2 yoshli bola nazoratsiz qolgan va beshinchi qavatda joylashgan derazaga chiqib olgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, ko‘chadagi yo‘lovchilar buni ko‘rib qolgan, lekin erkak ular yordamga yetib kelgunicha bolani qutqarib qolgan.

Bolani 28 yoshli Tonik Turganbek (Tonik Turghanbek) qutqarib qolgan. Bola erkak ustiga tushib, uni yiqitgan.

“Bolani ko‘rganimda u yerga tushayotgan edi, Men hech narsani o‘ylamadim, bir lahzadan keyin uni ushlab oldim. Undan keyin nima bo‘lganini bilmayman, chunki qanchadir vaqt hushimni yo‘qotdim. Ko‘zimni ochganimda atrofda politsiya va qutqaruvchilar bor edi”, —degan Turganbek.

Bola ham uni qutqarib qolgan erkak ham, kasalxonaga yetkazilgan. Bola jiddiy jarohatlar olmagan. Turganbekning esa boshi va qo‘llari tilingan xolos.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2019, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют