» » Buxoroda O‘zbekiston–Isroil agrobiznes forumi bo‘lib o‘tdi

Buxoroda O‘zbekiston–Isroil agrobiznes forumi bo‘lib o‘tdi


Buxoro yoshlar markazida O‘zbekiston va Isroil davlati o‘rtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar sohalarni mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston–Isroil agrobiznes forumi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi matbuoti xizmati xabar berdi.

Mazkur forum “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturida belgilangan tadbirlar doirasida Buxoro viloyati hokimligi, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va viloyat Savdo-sanoat boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan. Bunda Isroil davlatining O‘zbekistondagi elchisi Eduard Shapira, qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi agroinnovatsiya markazi bosh direktori o‘rinbosari, doktor Mixel Levi hamda 20 dan ziyod delegatsiya a’zolari tashrif buyurgan.

Buxoroda Xitoy, Birlashgan Arab Amirliklari, Turkiya, Iroq, Iordaniya, Eron, Janubiy Koreya, Italiya, Rossiya va boshqa mamlakatlar qatori Isroil davlati bilan ham viloyatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish borasida hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

— Buxoroda agroiqtisodiyot va investitsiya salohiyatining o‘sib borishida xalqaro forumlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Agrar sohada viloyatda yiliga 320 ming tonna paxta, 450 ming tonna g‘alla, 2 ming tonna pilla, 1,2 million tonna meva-sabzavot va 150 ming tonnadan ziyod poliz mahsulotlari yetishtiriladi. Shuningdek, 240 ming tonna go‘sht, 950 ming tonna sut, 4 ming tonna qo‘y juni, 440 ming dona qorako‘l teri, 7 ming tonna baliq, 4,4 million bosh parranda va 436 million dona tuxum kabi mahsulotlar yetishtiriladi va tayyorlanadi. Biroq ushbu mahsulotlarni qayta ishlash va eskportini samarali yo‘lga qo‘yish uchun, avvalo, yuqori sifatli texnologiyalarga ehtiyoj katta. Bu borada Isroil davlati bilan hamkorligimiz munosib natija berishi, shubhasiz, — dedi Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev.

“Buxoro-Agro” erkin iqtisodiy zonasida 3,3 ming gektar yer maydonda zamonaviy texnologiyalar asosida issiqxonalar qurish ishlari boshlangan. Bir ming gektarga yaqin maydon 143 ta loyiha bo‘yicha 450 million dollar qiymatidagi investitsiyalarni yo‘naltirish maqsadida tadbirkorlarga berilgan. Bundan tashqari, Buxoro tumanida Turkiyaning “Varnet” kompaniyasi tomonidan 100 million dollarga yaqin xorijiy investitsiya yo‘naltirilgan. 32 gektar yerda oynavand issiqxona barpo etish ishlari boshlangan.

Forumda 100 dan ziyod tadbirkor va ishbilarmonlar ishtirok etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют