» » Kosovo shimolidagi ziddiyat tufayli Serbiya armiyasi jangovor tayyorgarlik holatiga keltirdi

Kosovo shimolidagi ziddiyat tufayli Serbiya armiyasi jangovor tayyorgarlik holatiga keltirdi


Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich Kosovo shimolida 13 nafar serbning hibsga olinganidan so‘ng mamlakat qurolli kuchlarini jangovor tayyorgarlik holatiga keltirishni buyurdi, deb xabar berdi “Kommersant.ru”.

Qayd etilishicha, hibsga olinganlar orasida politsiyachilar ham bor.

Shuningdek, otishma oqibatida ikki kishi jarohatlangani ham aytilmoqda. Ulardan biri politsiyachi.

Serbiyaning Kosovska-Mitrovitsa shahrining shimoliy qismida mahalliy aholi vakillari Kosovodan kelayotgan mashinalarga xalaqit berish uchun barrikada qurmoqda.

Politsiyaning ma’lum qilishicha, tan olinmagan respublika (ROSU) maxsus xizmati va noma’lum kishilar guruhi o‘rtasidagi otishma bir necha soat davom etgan. Yetti nafar politsiyachi hibsga olingan. Kosovo prezidenti Hashim Tachi mamlakat xavfsizlik tuzilmasi a’zolari bilan uchrashgan.

Oradan biroz vaqt o‘tgach Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich milliy xavfsizlik kengashini chaqirdi hamda ushbu yig‘in davomida Yevroittifoqni agar ROSU mamlakat shimolidan qo‘shinini olib chiqib ketmasa, Belgrad ularga qarshi javob qaytarishi haqida ogohlantirgan.

Vuchich tahdid bo‘lgan taqdirda mamlakat armiyasi Kosovoda yashayotgan Serbiya fuqarolarini himoya qilishini ma’lum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют