» » Kosovoda serb siyosatchisi Oliver Ivanovich o‘ldirildi

Kosovoda serb siyosatchisi Oliver Ivanovich o‘ldirildi


Kosovoda 64 yoshli serb siyosatchisi Oliver Ivanovich o‘ldirildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Kosovo serblarining “Ozodlik, demokratiya, haqiqat” partiyasini boshqargan Ivanovichga Kosovska-Mitrovitsa shahrining serblar nazorat qiladigan shimoliy qismida halokatli jarohat yetkazildi. U kasalxonada olamdan o‘tdi.

Qotillik Kosovo va Serbiya vakillarining Bryusseldagi muzokaralari chog‘ida amalga oshirildi. Bu haqdagi yangiliklar paydo bo‘lishi bilan serb delegatsiyasi muzokaralarni tark etdi.

Serbiya prezidenti Aleksand Vuchich yuz bergan hodisani terakt deb atadi. Mazkur jinoyatni Albaniya bosh vaziri Edi Rama ham qoraladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2018, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 108) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют