» » Yangi o‘quv yilidan yagona maktab formasi majburiy bo‘ladi

Yangi o‘quv yilidan yagona maktab formasi majburiy bo‘ladi


2019?2020-o‘quv yilidan yagona maktab formasi joriy etiladi. O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi 2018-yil 15-avgust kuni bu haqdagi qarorni tasdiqlagan edi, deb xabar berdi “Gazeta.uz”.

Yakuniga yetgan o‘quv yilida maktab o‘quvchilari uchun qaror bilan tasdiqlangan formani kiyish ixtiyoriy edi. Yangi o‘quv yilidan esa yagona formani kiyish majburiy bo‘ladi.

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi maktab formasini ishlab chiqaruvchi tashkilotlar ro‘yxatini hududlar bo‘yicha shakllantiradi. Respublikaning har bir tuman (shahar) markazining aholiga qulay joylarida maktab formasini ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning savdo shoxobchalari tashkil etilib, ularning joylashish manzillari ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilinadi.

Maktab formasining narxini ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning o‘zi erkin bozor munosabatlaridan kelib chiqqan holatda belgilaydi.

Ishlab chiqaruvchilar ota-onalardan hali tikilmagan maktab formasi uchun bo‘nak (avans) mablag‘larini yig‘ish mumkin emas.

Maktab direktorlari yoki sinf rahbarlari tomonidan yagona maktab formasini sotib olish jarayoniga aralashuvi qat’iyan taqiqlangan. Ota-onalar yangi formani tashkil etiladigan savdo shahobchalaridan sotib olishi lozim.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют