» » O‘zbekistonda Volkswagen avtomobillari ishlab chiqariladi

O‘zbekistonda Volkswagen avtomobillari ishlab chiqariladi


O‘zbekiston va Germaniya Prezidentlarining muzokaralari yakunida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Axborot almashish va uni himoya qilish, parnik gazlari chiqarilishini kamaytirish va iqlim o‘zgarishlariga moslashish, Volkswagen kompaniyasi bilan hamkorlikda tijorat avtomobillari ishlab chiqarish to‘g‘risida va boshqa hujjatlar imzolandi.

Prezident ushbu kelishuvlar, ayniqsa, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi bilan Germaniyaning Integra va Vamed Engineering kompaniyalari hamkorligida Toshkent shahrida Yadroviy tibbiyot va nurli terapiya markazini tashkil etish bo‘yicha bitim katta ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Ommaviy axborot vositalari uchun o‘tkazilgan brifingda Prezidentlar muzokaralar an’anaviy do‘stlik, ochiqlik va o‘zaro anglashuv ruhida o‘tgani, muhim kelishuvlarga erishilganini qayd etdi.

Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-madaniy munosabatlar rivojiga hissa qo‘shib kelayotgan Germaniya tashkilotlari va vakillariga minnatdorlik bildirdi.

Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 123) ( 0) ( 122) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют