» » Ozbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi munosabatlari alohida strategik sheriklik maqomiga kotarildi

Ozbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi munosabatlari alohida strategik sheriklik maqomiga kotarildi


Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Mun Chje In Ozbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi ortasida alohida strategik sheriklik togrisidagi qoshma deklaratsiyani imzoladi, deb xabar berdi Prezident matbuot xizmati.

Hukumat va vazirliklar ortasida investitsiyalarni ragbatlantirish va ozaro himoya qilish, tinch maqsadda fazoni tadqiq etish, fan, texnologiya va innovatsiyalar sohasida hamkorlik, sogliqni saqlash sohasida hamkorlik boyicha Ozbekiston Koreya markazini tashkil etishga oid va boshqa hujjatlar imzolandi.

Ommaviy axborot vositalari uchun otkazilgan brifingda Prezidentlar ananaviy dostlik, ochiqlik va ozaro anglashuv ruhida kechgan muzokaralar natijalaridan mamnunligini alohida takidladi.

Muloqotlarimiz Ozbekiston bilan Janubiy Koreyaning siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorligi xalqlarimizning uzoq muddatli manfaatlariga tola mosligini, xalqaro va mintaqaviy muammolar, xavfsizlik va barqarorlikni taminlash masalalari boyicha pozitsiyalarimiz yaqin ekanini namoyish etdi.Bugun imzolangan Alohida strategik sheriklik togrisidagi qoshma deklaratsiya davlatlarimiz ortasidagi munosabatlar mutlaqo yangi bosqichga kotarilganini korsatadi, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Dunyoning diqqat markazida bolib kelayotgan Ozbekiston Prezidentiga chuqur hurmatimni bildiraman. Shavkat Mirziyoyev hamma sohalardagi siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy hayotga doir islohotlari bilan Ozbekistonni yangi taraqqiyot bosqichi sari yetaklamoqda. Bugun mamlakatlarimiz ortasidagi munosabatlarni alohida strategik sheriklik darajasiga kotardik. Uni hayotga tatbiq etish mexanizmlari, ozaro hamkorlikni rivojlantirishning yangi yonalishlarini muhokama qilib, istiqbolli kelishuvlarga erishdik, dedi Mun Chje In.

Tashrif doirasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy-texnik sohalarda umumiy qiymati 12 milliard dollardan ziyod qoshma loyiha va dasturlarni amalga oshirish boyicha bitimlar imzolangani alohida takidlandi.



Manba: Daryo.uz
: admin (19-04-2019, 15:43)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 5) ( 0) ( 3) ( 2)
:
-
:
20 ... -