» » Mark Rozenbaum: Internet tezligi pastligi AQSh fuqarolarini O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilishga rag‘batlantirmaydi

Mark Rozenbaum: Internet tezligi pastligi AQSh fuqarolarini O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilishga rag‘batlantirmaydi


Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida makroiqtisodiy barqarorlik, investitsion faollik va rivojlanish masalalariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.

Unda xorij mamlakatlaridan tashrif buyurgan ekspertlar ham sohaga doir fikrlarini bildirib o‘tdi. Xususan, AQShning Janubiy Karolina universiteti professori Mark Rozenbaum O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirishga xalaqit berayotgan omillar haqida so‘z yuritar ekan, sayyohlarga servis xizmatlari ko‘rsatishda o‘zi guvoh bo‘lgan yoqimsiz holatlar haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

Uning fikricha, O‘zbekistonda turizm sohasida xizmat ko‘rsatish talab darajasida emas.

— Aeroportning o‘zidayoq VISA kartalaridan to‘lovlarni amalga oshirish muammo ekanligi, Wi-fi hududlarning juda kamligi, internet tezligi pastligi AQSh fuqarolarini O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilishga rag‘batlantirmaydi, —dedi u.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют