» » O‘zbekiston internet tezligi eng yomon bo‘lgan mamlakatlar “beshligi”ni tark etdi

O‘zbekiston internet tezligi eng yomon bo‘lgan mamlakatlar “beshligi”ni tark etdi


Speedtest Global Index ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi internet tezligi aprel oyi hisob-kitoblariga ko‘ra biroz tezlashgan, deb xabar beradi Spot.

Irlandiyaning Ookla kompaniyasiga qarashli Speedtest.net internet-servisi har oylik Speedtest Global Index reytingini e’lon qildi. Unda 2018-yil aprel oyi hisob-kitoblariga ko‘ra, butun dunyodagi simli va simsiz internet tezliklari haqida ma’lumotlar keltirib o‘tilgan.

O‘zbekistonda mobil internet tezligi to‘rt pog‘ona yuqorilagan va hozirda ro‘yxatdan o‘rin olgan 126 davlat orasidan 115 o‘rinni egallab turibdi (8,93 Mbit/s).

Simli internet tezligi bo‘yicha (6,78 Mbit/s) esa bir pog‘ona ko‘tarilgan va 128 o‘rinni band etgan (135 davlat orasidan).

2017-yil oxiridagi hisob-kitoblarga ko‘ra, O‘zbekiston internet tezligi juda yomon bo‘lgan davlatlar beshtaligiga kirgan edi. O‘shanda mobil internet tezligi 6,47 Mbit/soniyani, simli internet esa 5,81 Mbit/soniyani tashkil etgan.

Mobil internet reytingi bo‘yicha yetakchilik hamon Islandiyada (65,90 Mbit/s), simli internet bo‘yicha esa — Singapur birinchilikda (174,94 Mbit/s).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2018, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют