» » Rossiyalik teleboshlovchi Leonid Yakubovich Pole chudes korsatuvi sirini ochdi

Rossiyalik teleboshlovchi Leonid Yakubovich Pole chudes korsatuvi sirini ochdi


Pole chudes (Mojizalar maydonchasi) korsatuvi boshlovchisi Leonid Yakubovich Baltkom radiosiga bergan intervyusida oz faoliyati sirlari haqida gapirdi. Bu haqda Sputnik xabar qiladi.

Teleboshlovchining tan olishicha, u hech qachon ozi boshlovchilik qiladigan korsatuvni televizor orqali tomosha qilmagan, va u hamon nega efirdan tushmay kelayotganiga ham aniq javob aytolmaydi.

Bu korsatuv 29 yildan beri yashab kelayotgani sirini men ham tushunmayman. Rost aytyapman, hazillashayotganim yoq, deydi u.

Shu bilan birga, Yakubovich, har safar Motor! buyrugi berilishi hamon, bundan boshqacha lazzatlanishini takidladi. Teleboshlovchining aytishicha, teletomoshabinlar suratga olish maydonida hukm suradigan muhitni baribir toliq his qila olmaydi.

Odamlar zalda juda xursand otiradi, kuladi, korsatuv ishtirokchilari hazil qiladi, ammo efirga bularning bir qismi olib chiqiladi, xolos. Asosan, bu savol-javoblar boladi.

Montaj deb nomlanuvchi buyuk va shu bilan birga qayguli bir tushuncha bor. Korsatuvdagi iliqlik, xo-xolab kulishlar va yumor bazan qirqib tashlanadi, bu esa albatta, korsatuv kayfiyatiga oz tasirini korsatadi, deb qoshimcha qiladi Yakubovich.

Kapital-shou Pole chudes 1990-yildan buyon ekrandan tushmay kelayotgan telekorsatuvdir. Birinchi boshlovchisi Vladislav Listyev bolgan.

Birinchi yil korsatuv goh payshanba, goh seshanba kunlari ekranga chiqqan bolsa, 1991-yilning 7-iyun sanasidan hozirga qadar har juma kechqurun boshlanadi. Leonid Yakubovich ozining birinchi efirini 1991-yilning 22-noyabrida boshlagan.



Manba: Daryo.uz
: admin (28-05-2019, 22:14)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 7) ( 0) ( 5) ( 2)
:
-
:
20 ... -