» » Venesuelada 2018-yili inflyatsiya darajasi 130 000 foizga yetgani ma’lum bo‘ldi

Venesuelada 2018-yili inflyatsiya darajasi 130 000 foizga yetgani ma’lum bo‘ldi


Venesuela Markaziy bankining hisobotida keltirilishicha, mamlakatda 2018-yili inflyatsiya darajasi 130 060 foizni tashkil etgan, deb xabar beradi “Interfaks”.

2013-yildan 2018-yilgacha mamlakat iqtisodiyotining 96 foizni tashkil etuvchi neft sektori 47,6 foziga qisqargan. 2013—2014-yillar davomida neft eksportidan tushgan daromad tegishli ravishda 85,603 va 71,732 milliard dollarni tashkil etgan. 2018-yilda esa ekspert hajmi 29,81 milliard dollarga tushib ketgan.

Shuningdek, hisobotda keltirilishicha, joriy yilning aprelida inflyatsiya darajasi 33,8 fozini tashkil etgan. Yanvardan mart oyiga qadar esa ushbu ko‘rsatkich tegishli ravishda 196,6 foiz, 114,4 foiz hamda 34,8 foizga teng.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi 2018-yili Venesueladagi inflyatsiya darajasini hisoblab chiqib, mazkur ko‘rsatkich 930 000 foizga yaqinligini ma’lum qildi. 2019-yilgi bashoratlarga ko‘ra, inflyatsiya darajasi 10 000 000 foizga yetishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2019, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют