WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Saakashvili Ukrainada hech bir lavozimga talabgor emasligini bildirdi
Saakashvili Ukrainada hech bir lavozimga talabgor emasligini bildirdi
Gruziya sobiq prezidenti va Odessa viloyatining sobiq rahbari Ukrainada siyosiy ambitsiyalarga ega emasligi bildirdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“Menda hech qanday siyosiy ambitsiyalar yo‘q, chunki barcha lavozimlarda bo‘lganman, hammasini ko‘rganman. Biror narsaga rozi bo‘lishdan avval juda ehtiyot bo‘laman. Bularning barchasidan o‘tganman, bu qanday bo‘lishi haqida tasavvurga egaman, hech qanday lavozimlarga talabgor emasman”, — dedi siyosatchi.
Ma’lumot uchun, Mixail Saakashvili bugun, 29-may kuni Ukrainaga qaytishni rejalashtirgan. Avvalroq mamlakatning yangi prezidenti Vladimir Zelenskiy unga Ukraina fuqaroligini qaytarib bergandi.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!
ОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?