» » Buxoroda o‘z do‘sti mulkini talon-taroj qilgan bosqinchi 10 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Buxoroda o‘z do‘sti mulkini talon-taroj qilgan bosqinchi 10 yilga ozodlikdan mahrum qilindi


Buxoroda o‘z do‘sti xonadoniga g‘ayriqonuniy kirib, uning xotinini o‘ldirish bilan qo‘rqitib, mol-mulkini talon-taroj qilgan bosqinchiga nisbatan hukm o‘qildi. Bu haqda “Daryo”ga Jinoyat ishlari bo‘yicha Romitan tuman sudi raisi Ulug‘bek Bozorov ma’lum qildi.

Ish holatiga ko‘ra, sudlanuvchi, qorako‘llik fuqaro Sh.Y. qasddan jinoyat sodir qilgan. U “Regi Haydar” mahallasida yashovchi sinfdoshi A.T.ning “Sher saxiy” bozorida savdo bilan shug‘ullanishi va kunduz kuni uyda bo‘lmasligini ko‘chadagi bolalardan aniqlab, reja tuzgan. Bir juft qora rangli ishchi qo‘lqop va bir dona oshxona pichog‘i bilan qurollangan.

Temir ustun (havoza) orqali sinfdoshining uyi darchasi ustiga chiqib, xonadonga g‘ayriqonuniy ravishda kirgan. Xonadonda sinfdoshining turmush o‘rtog‘i Z.S. borligini sezib qolib, oq mato bilan niqoblangan va qo‘qqisdan ayolga hujum qilgan. Ayolning hayoti va sog‘ligi uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib, oshxona pichog‘i bilan uning bel sohasiga o‘qtalgan. Ayolni o‘ldirish bilan qo‘rqitib, uning yelka va orqa qismiga qasddan tepib, tan jarohati yetkazgan, pul va boshqa qimatbaho buyumlarni chiqarib berishini talab qilgan.

Kuch va zo‘ravonlik bilan bahosi 200 000 so‘m bo‘lgan 1 dona Artel rusumli telefonini, ayolning qo‘li va qulog‘ida bo‘lgan 1 dona tilla sirg‘asi va 1 dona tilla uzukni yechib olgan. Bundan tashqari, yotoqxonada javonidagi 1 dona tilla zanjir, 1 dona tilla bilakuzuk, 3 dona tilla uzuk va sirg‘alarni talon-taroj qilib, jami 6 300 000 so‘m moddiy zarar yetkazib, hodisa joyidan yashiringan.

Sh.Y.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (uy-joyga, omborxona yoki boshqa binolarga g‘ayriqonuniy ravishda kirgan holda bosqinchilik qilish) bilan 10 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют