» » Sud Buxoroda valyuta sotish bilan noqonuniy shug‘ullangan shaxsga ozodlikni cheklash jazosini tayinladi

Sud Buxoroda valyuta sotish bilan noqonuniy shug‘ullangan shaxsga ozodlikni cheklash jazosini tayinladi


Buxoroda valyuta sotish bilan faoliyati bilan noqonuniy shug‘ullangan fuqaroga sud ozodlikdan cheklash jazosini tayinlandi. Bu haqda “Daryo”ga jinoyat ishlari bo‘yicha Shofirkon tuman sudi raisi Jamolbek Jumaniyozov ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, V.A. 2018-yilning 19-noyabr kuni Buxoro shahridagi “Alyans” kafesi oldida fuqaro S.M.dan 8 000 AQSh dollarini 66 240 000 so‘mga sotib olgan vaqtda ushlangan. Tezkor guruh V.A.ga tegishli bo‘lgan Chevrolet Gentra mashinasini ko‘zdan kechirganda, qiymati 65 632 527 so‘mni tashkil qilgan 7 935 AQSh dollari, qiymati 5 480 550 so‘mni tashkil qilgan 45 000 Rossiya rubli va 23 658 000 so‘m pullar borligini aniqlab, jami 161 011 077 so‘mlik pulni ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olgan.

Sudlanuvchi V.A.ga jazo turi va miqdorini tayinlashda, ish bo‘yicha yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlarni, uning shaxsini, ijobiy tavsiflanganligini, sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini jiddiy kamaytiruvchi holat deb e’tiborga olib, uni jamiyatdan ajratmasdan turib ham axloqan tuzatish imkoniyati bor deb hisoblab, uni Jinoyat kodeksining 177-moddasi 3-qismining “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topib, shu moddaga asosan bir yarim yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 34) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют