» » Jizzaxda eshakfurushlarga jazo tayinlandi

Jizzaxda eshakfurushlarga jazo tayinlandi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Sharof Rashidov tuman sudida fuqarolarga tegishli eshaklarni o‘g‘irlab, terisini sotish bilan shug‘ullangan 5 nafar yigit ustidan sud hukmi o‘qildi. Bu haqda “Xabar.uz” ma’lum qildi.

Tergov jarayonlarida tuman hududida istiqomat qiluvchi 1986-yilda tug‘ilgan D.R., 1998-yilda tug‘ilgan Sh.B., 1980-yilda tug‘ilgan Sh.N. hamda voyaga yetmagan, 2002-yilda tug‘ilgan A.K. va L.O. yigirmaga yaqin eshakni aholi xonadonlaridan o‘g‘irlab, maxsus joyda so‘yib, terisining donasini fuqaro B.Mga 150 ming so‘mdan sotgani aniqlangan.

Sud hukmiga ko‘ra, jinoyat kodeksining bir qator moddalari bilan aybdor deb topilgan fuqarolarga qonun doirasida jazo berildi. Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga binoan sudlanuvchi D.Rga 4 yil, Sh.B. va Sh.Nga 3,6 muddatga ozodlikni cheklash jazosi berildi.

Voyaga yetmagan A.K hamda L.O.ga esa jinoyat kodeksining 57-moddasi qo‘llanib, bir yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2018, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют