» » Navoiy viloyati sudida MIB xodimiga pora berishga uringan aka-ukalarning jinoyat ishi ko‘rib chiqildi

Navoiy viloyati sudida MIB xodimiga pora berishga uringan aka-ukalarning jinoyat ishi ko‘rib chiqildi


Qiziltepa tumanidagi aholi xonadonlarida elektr energiyasidan qanday foylanilayotgani o‘rganilganda tarmoqqa noqonuniy ulangan, ya’ni hisoblagich o‘rnatmasdan elektr energiyasidan foydalanayotgan xonadon aniqlangan va uy egasiga nisbatan bayonnoma rasmiylashtirilgandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Bu voqeadan keyin uy egasi aybini bo‘yniga olib, tegishli jarimani to‘lab, hisoblagich o‘rnatdimi? Afsuski, yo‘q. U ko‘chilikka tanish bo‘lgan “uslub”dan foydalanishga harakat qildi. Biroq, pora taklifi rad etildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyati, Qiziltepa tuman sudida Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi katta inspektori A.Xo‘jaqulovga pora berishga uringan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

— Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan ayblangan aka-uka Jalolovlar jinoiy til biriktirib, davlat organi mansabdor shaxsiga o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etishi lozim bo‘lgan muayyan harakatni ularning manfaatlarini ko‘zlab bajartirmaslikka harakat qilgan, — deydi jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyati sudi sudyasi Dilmurod Otamurodov. — Noqonuniy holat bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirmaslik evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib 500 ming so‘m pul taklif qilishgan.

Sudlanuvchilarga jazo tayinlashda barcha holatlar hisobga olindi. Ularning avval sudlanmagani, qaramog‘ida voyaga yetmagan farzandlari borligi, qilmishlaridan chin ko‘ngildan pushaymonligi inobatga olindi va bir yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2018, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 90) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют