» » O‘zbekiston konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish moddasi bo‘yicha sudlangan 5 nafar shaxs ozod etildi

O‘zbekiston konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish moddasi bo‘yicha sudlangan 5 nafar shaxs ozod etildi


Fevral—mart oyida O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 159 (O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish) va boshqa moddalari bo‘yicha turli muddatga ozodlikdan mahrum etilgan besh nafar fuqaro ozodlikka chiqarildi. Bu haqda Oliy sud rasmiy vakili Aziz Obidovga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

Ozodlikka chiqqanlar orasida 1970-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan Cho‘yan Mamatqulov ham bor. U Jinoyat Kodeksining 2013-yilda Jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyati sudi tomonidan 137 (odam o‘g‘irlash), 138 (zo‘ravonlik bilan noqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish), 159 (O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish), 168 (firibgarlik), 228 (ishlab chiqarish, hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni soxtalashtirish, ularni sotish yoki ulardan foydalanish), 238 (yolg‘on guvohlik berish), 244-1 (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni ishlab chiqarish, saqlash, tarqatish yoki ko‘rsatish), 273 (Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) moddalariga bo‘yicha 10 yilda ozodlikdan mahrum qilingan edi.

2015-yilning 17-mart sanasida Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudi tomonidan Mamatqulov Jinoyat Kodeksining 221-modda 2-qism “b” bandi (jazoni ijro etish muassasasining ma’muriyatining qonuniy talablariga bo‘ysunmaslik) bo‘yicha 3 yilga, Jinoyat Kodeksining 60-moddasi (Bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlash) bo‘yicha 9 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

2018-yil 6-fevralda Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyat kassatsiya instansiyasi sudining qarori bilan yuqoridagi hukm o‘zgarishsiz qoldirilgan.

2018-yil 7-mart kuni Oliy sudning jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati qaroriga binoan, Jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyat sudi tomonidan 2013-yil 8-fevralda chiqarilgan hukm jazosi 5 yil 2 oygacha qisqartirildi.

2018-yil 15-mart kuni sudlov hay’ati Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudining 2015-yil 17-martda chiqargan hukmiga, shuningdek, Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyati kassatsiya instansiyasining 2018-yil 6-fevraldagi hukmiga o‘zgaritish kiritdi. Mamatqulovga 3 yil 1 oy-u 20 kunga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan.

U jazoni o‘tash muassasidan jazoni ijro etish muassasasalarida tayinlangan muddatni o‘tab bo‘lganligi munosabati bilan ozod qilingan

Ozod qilinganlar orasida 1970-yilda Namanganda tug‘ilgan va 2013-yilda 8 sakkiz yilda ozodlikda mahrum etilgan Qudratbek Rasulov, 1967-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan va 2002-yilda 7 yilga, 2007-yilda 9 yilga, 2016-yilda 3 yilga ozodlikdan mahrum etilgan Yo‘ldosh Rasulov, 1964-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan 2010-yilda 11 yilga ozodlikdan mahrum etilgan G‘aybulla Jalilov, 1979-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan 2003-yilga 6,5 yilga, 2006-yilda 7 yilga, 2013-yilda 5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan G‘ayrat Mixliboyev ham bor.

Ularning barchasi jazoni ijro etish muassasalarida tayinlangan muddatni o‘tab bo‘lganligi munosabati bilan ozod qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2018, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют