» » 86 mln so‘mgacha jarima yoki 8 yilgacha mahkumlik. Yozuvchi Nurulloh Muhammad Raufxonga nisbatan qaysi moddalar bo‘yicha ayblov e’lon qilingan?

86 mln so‘mgacha jarima yoki 8 yilgacha mahkumlik. Yozuvchi Nurulloh Muhammad Raufxonga nisbatan qaysi moddalar bo‘yicha ayblov e’lon qilingan?


So‘nggi ikki yil davomida Turkiyada yashab kelgan yozuvchi Nurullo Otaxonov (Nurulloh Muhammad Raufxon) 27-sentabr kuni Toshkent kelishi bilan, aeroportda qo‘lga olingan. “Gazeta.uz”ning Toshkent IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayevga asoslanib xabar berishicha, yozuvchi 11-maydayoq qidiruvga berilgan bo‘lgan.

Mavzuga doir: IIBB: Yozuvchi Nurulloh Muhammad Raufxon qidiruvda bo‘lgani uchun 27-sentabr kuni Toshkentga qo‘nishi bilan qo‘lga olindi

Xabar berishlaricha, Nurulloh Muhammad Raufxonga nisbatan Jinoyat kodeksining 159-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, 159-moddaning 1-qismi hamda 244-1-moddaning 3-qismi “g” bandi bilan ayblov e’lon qilingan.

159-modda “O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish” deb nomlanadi. Uning birinchi qismi bilan aybdor deb topilgan shaxslar eng kam oylik ish haqining olti yuz baravari (28-sentabr holatiga ko‘ra — 89 865 000 so‘m)gacha miqdorda jarima yoki 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

159-modda. O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish

O‘zbekiston Respublikasining amaldagi davlat tuzumini Konstitutsiyaga xilof tarzda o‘zgartirishga, hokimiyatni bosib olishga yoxud qonuniy ravishda saylab qo‘yilgan yoki tayinlangan hokimiyat vakillarini hokimiyatdan chetlatishga yoxud O‘zbekiston Respublikasi hududiy yaxlitligini Konstitutsiyaga xilof tarzda buzishga ochiqdan-ochiq da’vat qilish, shuningdek, bunday mazmundagi materiallarni tarqatish maqsadida tayyorlash, saqlash yoki tarqatish —
eng kam oylik ish haqining olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hokimiyat konstitutsiyaviy organlarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki ularni Konstitutsiyada nazarda tutilmagan parallel hokimiyat tuzilmalari bilan almashtirishga qaratilgan zo‘ravonlik harakatlari, shuningdek, davlat hokimiyati vakolatli organlarining O‘zbekiston Konstitutsiyasida nazarda tutilmagan tartibda tuzilgan hokimiyat tuzilmalarini tarqatib yuborish to‘g‘risidagi qarorlarini belgilangan muddatda bajarmaslik —
eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlagan holda sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hokimiyatni bosib olish yoki O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumini ag‘darib tashlash maqsadida fitna uyushtirish —
o‘n yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Fitna to‘g‘risida hokimiyat organlariga ixtiyoriy ravishda xabar bergan shaxs, basharti, ko‘rilgan choralar natijasida fitnaning oldi olingan bo‘lsa, jazodan ozod qilinadi.

244-1-modda esa “Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish” deb ataladi. Moddaning 3-qismi “g” bandi bilan aybdor deb topilganlar 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

244-1-modda. Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish

Diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan, qirg‘in solishga yoki fuqarolarni zo‘rlik bilan ko‘chirib yuborishga da’vat etadigan yoxud aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan materiallarni tayyorlash yoki ularni tarqatish maqsadida saqlash, shuningdek diniy-ekstremistik, terrorchilik tashkilotlarining atributlarini yoki ramziy belgilarini tarqatish yoxud namoyish etish maqsadida tayyorlash, saqlash —
eng kam ish haqining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan, qirg‘in solishga yoki fuqarolarni zo‘rlik bilan ko‘chirib yuborishga da’vat etadigan yoxud aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan ma’lumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish, xuddi shuningdek fuqarolar totuvligini buzish, tuhmatona, vaziyatni beqarorlashtiruvchi uydirmalar tarqatish hamda jamiyatda qaror topgan xulq-atvor qoidalariga va jamoat xavfsizligiga qarshi qaratilgan boshqa qilmishlarni sodir etish maqsadida dindan foydalanish, shuningdek diniy-ekstremistik, terrorchilik tashkilotlarining atributlarini yoki ramziy belgilarini tarqatish yoxud namoyish etish —
eng kam ish haqining uch yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida ko‘rsatilgan harakatlar:
a) oldindan til biriktirib yoki bir guruh shaxslar tomonidan;
b) xizmat mavqeidan foydalanib;
Oldingi tahrirga qarang.
v) diniy tashkilotlardan, shuningdek chet el davlatlari, tashkilotlari va fuqarolaridan olingan moliyaviy yoki boshqa moddiy yordamdan foydalanib;
g) ommaviy axborot vositalaridan yoxud telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (28-09-2017, 18:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют