» » Huquq muhofazachisi Isroil Xoldorov ozodlikka chiqarildi

Huquq muhofazachisi Isroil Xoldorov ozodlikka chiqarildi


2007-yilda sudlangan andijonlik huquq muhofazachisi Isroil Xoldorov ozodlikka chiqdi, deb yozadi “Gazeta.uz” jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyat sudiga tayanib.

Isroil Xoldorov 2007-yilning 19-fevralida Jinoyat kodeksining 159 (O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish), 216 (Jamoat birlashmalari yoki diniy tashkilotlarni qonunga xilof ravishda tuzish), 223 (Qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish), 244-1 (Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash yoki tarqatish)-moddalarida ko‘zda tutilgan jinoyatlarni amalga oshirganlik uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyat sudi tomonidan 6 yilga ozodlikdan mahrum qilingan edi.

2012-yilning 16-iyunida jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudi hukmi bilan u Jinoyat kodeksining 221-moddasi (Jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyatining qonuniy talablariga bo‘ysunmaslik) 2-qismi “b” bandiga muvofiq, 60-modda (Bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlash)ni qo‘llagan holda, 3 yil 3 oy 27 kunga ozodlikdan mahrum etilgan edi.

2015-yilning 15-sentabrida jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudi hukmi bilan Isroil Xoldorov yana Jinoyat kodeksining 221-moddasi 2-qismi “b” bandiga muvofiq 3 yil 6 oyga, 60-moddani qo‘llagan holda — 3 yil 6 oy 10 kunga ozodlikdan mahrum etilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyat sudi kassatsiya instansiyasining 2018-yil 15-fevraldagi ajrimi bilan hukm 57-modda (Yengilroq jazo tayinlash)ni qo‘llagan holda 2 yil 5 oy 20 kunga ozodlikni cheklash turidagi jazoga o‘zgartirildi. Jinoyat kodeksining 61 (Jazolarni qo‘shishning hisoblash qoidalari) va 60-moddalarini qo‘llagan holda, 2 yil 5 oy 25 kunga ozodlikni cheklash jazosi belgilandi.

Jinoyat kodeksining 62-moddasi (Dastlabki qamoq vaqtini hisobga olish)ni qo‘llagan holda, Isroil Xoldorov yuqorida tayinlangan jazoni o‘taganligi hisobga olinib, jazoni o‘tashdan ozod etildi, deyishdi jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyat sudida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2018, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 106) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют