» » Muftiy Usmonxon Alimov Toshkent viloyatida Qur’hon xatmonasida ishtirok etdi

Muftiy Usmonxon Alimov Toshkent viloyatida Qur’hon xatmonasida ishtirok etdi


Muftiy hazrat Toshkent viloyatidagi fayzli jomeda Qur’on xatmonasida ishtirok etdi, deb xabar berdi O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati.

Ramazon oyining so‘nggi kechalari Toshkent viloyatida Qur’oni karim xatmonalari bilan yanada fayzli o‘tmoqda. Shu kunga qadar viloyatda 80 dan ziyod masjidlarda xatmonalar yakunlandi. Qutlug‘ oyning barakotidan barcha birdek bahramand bo‘lishga oshiqmoqda. Buni odamlarning xayrli ishlarga harisligi, ibodatga oshuftaligi va farzu sunnat amallarini bajarishga e’tibori oshganidan yaqqol sezish mumkin.

“Kuni kecha mana shunday sharif oyning fayzli oqshomida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi “Abdulloh ibn Abbos” jome masjidiga tarovih namozini mo‘min-musulmonlar bilan birga-birga ado etish uchun tashrif buyurdilar. Hazratning tashriflarini eshitib, ko‘zlari Ramazon shukuhi ila chaqnagan, yuzlari nurli, yoshlari ulug‘ otaxonlar hamda Haq kalomiga some bo‘lishga muhabbbatli namozxonlar jomega kelishdi.

Masjidni fayzga to‘ldirib turgan namozxonlarni muftiy Usmonxon Alimov hazratlari muborak Ramazon oyi kechalari bilan qutlab, ushbu oyning fazilatlari, yurtimizdagi mingdan ziyod masjidlarda bo‘layotgan xatmi Qur’onlar barakoti, qutlug‘ oyning avvalida poytaxtimizda ikki muhtasham masjid ochilgani, bu jarayonlarga xorijlik mutaxassislar yuqori baho berayotgani, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlarning tag zamirida xalqni rozi qilish, mo‘min-musulmonlarning xursand qilish kabilar turganini so‘zladilar.

Muftiy hazrat so‘zlarida davom etib, Toshkent tumanidagi ‘Abdulloh ibn Abbos’ jome masjidida juda ko‘p mashhur qorilar, xususan, Ayubxon qori Supiyev, Abduhakim qori Matqulov kabilar avval shu masjidda xatmi Qur’onga o‘tganlarini alohida ta’kidladi.

Ushbu Qur’on xatmonasiga fazilatli va mo‘tabar ustozlar ham jam bo‘lib, xatmonaga fayz baxshida etdi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют