» » Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari: “Biz soqol qo‘yishni turk seriallari, kinolaridan o‘rgandik”

Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari: “Biz soqol qo‘yishni turk seriallari, kinolaridan o‘rgandik”


Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov Facebook’dagi sahifasida soqol haqida qoldirgan xabarining dinga aloqasi yo‘qligini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov.

Qobilov 25-aprel kuni Facebook’dagi shaxsiy sahifasida shunday xabar qoldirgan (keyinroq uni o‘chirib yuborgan): “Ayrim kinolar yoshlar tarbiyasiga teskari (salbiy) ta’sir ko‘rsatmoqda. Soqol qo‘ygan yigitlar, tungi klub va ko‘ngilochar joylar aks etgan kadrlar to‘la. Bunday kino ishlashdan maqsad nima? Tarbiyami yoki foyda?”.

Viloyat hokimi o‘rinbosarining ushbu posti ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum bir shov-shuvga sabab bo‘ldi: uning fikrini ma’qullaganlar ham, “hokimlikda soqolga osilishdan boshqa muhimroq ishing yo‘qmi?” qabilida tanqidiy va norozi fikrlar ham bildirildi. Qobilov ularning har biriga javob berishga uringan, lekin bunga “kuchi yetmagani”ni tan oldi.

“Haykallarga qarang — Alisher Navoiy, Amir Temur bobolarimiz soqol qo‘yib turibdi. Siz ham bobolar yoshiga yeting, shundan so‘ng chiroyli qilib soqol qo‘yavering, deb javob berdim ularga. Lekin bir o‘zimning kuchim yetmadi. Tarafimni olib izoh yozganlar ham bo‘ldi. Bilganim, menga qarshi izoh yozganlarning aksari o‘z sahifasiga soqol bilan tushgan rasmini joylagan”, — dedi Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari.

Qobilovning aytishicha, u “soqol modasi” Turkiya kino va seriallari ta’sirida paydo bo‘layotganiga e’tibor qaratmoqchi bo‘lgan, biroq u qoldirgan xabardagi gaplar jamoatchilikning ayrim vakillari tomonidan noto‘g‘ri talqin qilingan. “Fikr bildirib, baloga qoldim. Islom dini haqida izoh qoldirishga xohishim ham bo‘lmagan”, — dedi u.

“Biz soqol qo‘yishni turk seriallari, kinolaridan o‘rgandik. O‘sha kinolarni ermakka, bekorchilikdan, hoyu havasga ko‘rdik. Natijada soqol qo‘yish ongimizga singdi. Masalan, turk aktyori Burak O‘zchivit Toshkentga kelganida bir to‘da qizlar uning orqasidan yugurib yurdi. Mana, soqol qo‘yib yurganni hoyu havasi, ahvoli shumi — kinolar bergan tarbiyaning mevasini ko‘rdik. Shuning uchun, bu haqda yozishga majbur bo‘lgandim”, — deya qo‘shimcha qildi hokim o‘rinbosari.

Mavzuga doir: Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari: “Ishtixondagi kabi mudhish qotilliklar takrorlanmasligiga va’da beraman”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют