» » Erkinjon Turdimov Samarqandda ishni Yoshlar markazi va OTMlardan boshladi

Erkinjon Turdimov Samarqandda ishni Yoshlar markazi va OTMlardan boshladi


Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov lavozimga tayinlanganidan bir kun o‘tib shahardagi ijtimoiy soha obyektlarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi, deya Sputnik xabar bermoqda.

Viloyat hokimining o‘rinbosari Rustam Qobilov o‘zining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida bu haqda xabar qoldirdi.

Erkinjon Turdimov tashrif buyurgan ilk obyekt Yoshlar markazi bo?ldi. Viloyat hokimi Yoshlar markazida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi va zarur tavsiyalar berdi.

Shuningdek, Turdimov “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetida tashkil etilgan qabul jarayoni bilan tanishdi.

E.Turdimov Samarqand davlat universiteti pedagogika fakultetida olib borilayotgan qurilish-obodonlashtirish ishlari hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat bo‘limining yangi binosini qurish uchun mo‘ljallangan hudud bilan ham tanishdi.

Avvalroq, Erkinjon Turdimovning Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangani xabar qilingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-07-2018, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют