» » Ukrainada 5 yoshli qizini o‘ldirib, tanasini pechkada yoqib yuborgan ota-ona qo‘lga olindi

Ukrainada 5 yoshli qizini o‘ldirib, tanasini pechkada yoqib yuborgan ota-ona qo‘lga olindi


Ukrainada besh yoshli qizalog‘ini o‘ldirib, tanasini pechkada yoqib yuborgan ota-ona qo‘lga olindi, bu haqda Ukrainaning Jitomir viloyati milliy politsiyasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra Sputnik ma’lumot beradi.

Xabarga ko‘ra, fuqaro o‘zaro janjal vaqtida besh yoshli qizini o‘ldirib qo‘yadi.

Qotillik izlarini yashirish maqsadida rafiqasi bilan birgalikda qizining tanasini pechkada yoqib yuboradi. So‘ngra qoldiqlarini ariqqa tashlab yuboradi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tekshiruvlarida “qayg‘u-alamga” cho‘kkan ona uch yoshli o‘g‘liga qizlarning kiyimini kiydirib, qizi sifatida ko‘rsatishga urinadi. Biroq politsiya xodimlari ayolning hiyla-nayranglariga uchmasdan hamma farzandlarini ko‘rsatishini talab qiladi. Natijada bolaning na uyda na hovlida borligi ma’lum bo‘ladi. Ota-ona taxminan 8 oy oldin sodir etgan dahshatli jinoyatini tan olishga majbur bo‘ladi.

Ma’lum bo‘lishicha, bu oila huquqni muhofaza qiluvchi organlarga 2009-yildan beri yaxshi tanish. Ayol ichkilikka ruju qo‘yganligi va ota-onalik majburiyatini bajarmaganligi sababli ikki o‘g‘liga onalik huquqidan mahrum qilingan.

Ushbu mudhish qotillik sodir etgan bu shaxslar hibsga olingan. Hozirda qasddan odam o‘ldirish ayblovi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va tergovchilar qotillik tafsilotlarini o‘rganish maqsadida tergov harakatlarini olib bormoqda.

Ukrainaning amaldagi qonunchiligiga ko‘ra, bolani o‘ldirish 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod qamoq jazosi bilan jazolanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют